KOʻMIR SANOATI — yoqilgʻi sanoatining asosiy tarmoqlaridan biri. Koʻmir sanoati s koʻmirni qazib olish (ayrim holdarda boyitish, briketlash) va isteʼmolchilarga yetkazib berish jarayonlarini oʻz ichiga oladi. Kumir qazib olishning eng afzal va samarali usuli uni ochiq usulda, karyerlardan qazib olish hisoblanadi. Kumir konlari chuqurda joylashgan boʻlsa, u yopiq (shaxta) usulida qazib olinadi. Hoz. paytda koʻmirni tejamli gidravlik usulda qazib olish keng qoʻllanilmoqsa. Koʻp holdarda koʻmir yer tagida toʻgʻridantoʻgʻri gazga aylantirish yoʻli bilan isteʼmolchilarga bevosita quvurlar orqali uzatiladi.
Qadim zamonlarda koʻmir oddiy usulda (Xitoy, Gretsiya) qazib olingan va yoqilgʻi sifatida foydalanilgan. Keng miqyosda foydalanish va Koʻmir sanoatining tarmoq sifatida vujudga kelishi 18-a. ning 2-yarmiga toʻgʻri keladi. Bu paytda qazib olingan koʻmirdan Angliyada choʻyan eritishda foydalana boshlandi. 19-a. dan boshlab koʻmir transport sohasida keng koʻlamda ishlatila boshlandi. 20-a. boshlarida koʻmir insoniyatning yoqilgʻiga boʻlgan ehtiyojining 70% ini qondirgan boʻlsa, hoz. vaqtda ushbu koʻrsatkich 20— 25% dan oshmaydi. Uning oʻrnini tabiiy gaz va neft egʻallamoqda. Jahondagi 60 mamlakatda koʻmir qazib chiqariladi (q. Kumir konlari). Koʻmirning 90% qazib olinadigan davlatda ishlatiladi, uning faqat 10% eksport qilinadi. Koʻp miqdorda koʻmir eksport qiladigan davlatlar qatoriga AQSH, Avstraliya, JAR, Rossiya, Qozogʻiston va b. kiradi. Dunyoda jami qazib olinayotgan 5 mlrd. t koʻmirning 1 mlrd. t dan ortigʻi qoʻngʻir koʻmirdir. Qoʻngʻir koʻmirning yirik konlari Rossiya, Qozogʻiston, Polsha, AQSH (gʻarbiy qismida), Xitoy va b. mamlakatlarda joylashgan. Ulkan qoʻngʻir koʻmir konlar: Kansk — Achinsk, Moskva ostonasi, Chelyabinsk (Rossiya), Ekibas-tuz (Qozogʻiston), Yuqori Sileziya (Polsha), Leypsig (Germaniya) va b. Bu konlarning har birida 100 mlrd. dan to bir necha trln. tonnagacha koʻmir zahiralari mavjud.
Koʻmir sanoatiga xos muhim xususiyatlardan biri uning metallurgiya va ogir mashinasozlik sanoati tarmoqlari bilan bir hududda joylashishidir. Ana shunday koʻmir-metallurgiya-mashinasozlik markazlari qatoriga Appalachi (AQSH), Rur (Germaniya), Donbass (Ukraina), Koʻzbass (Rossiya), Shim.-Sharqiy Xitoy va b. kiradi.
Oʻrta Osiyodagi koʻmir konlarini oʻzlashtirish 19-a. da (1882-y. dan boshlab) Belgiya, Fransiya va Angliyaning xususiy kompaniyalari tomonidan boshlangan. Bu yerdarda konlarini ochish ishlari 1882-y. da Fargʻona vodiysida boshlandi. Sulukta, Qizilqiya, Shoʻrob koʻmir konlari Oʻrta Osiyodagi toʻngʻich koʻmir konlaridir. Umuman, Oʻzbekistonda koʻmirni sanoat usulida qazib olish 1930-y. lar oxiridan boshlangan.
Bu paytda Angren koʻmir koni, Shargʻun koʻmir koni, Boysun toshkoʻmir koni ochilgan.
1990-y. dan keyingi davrda koʻmir qazib chiqarish hajmi respublikada keskin qisqarib, 2001-y. ga kelib 2,6 mln. tonvani tashkil qildi. Oʻzbekiston Respublikasi yoqilgʻi balansiru koʻmir hissasi 1,5%ni tashkil etadi (2000). Respublikada koʻmir qazib olish texnologiyasini yanada zamonaviylashtirish dasturi amalga oshirilmokda (q. «Koʻmir» aksiyadorlik birlashmasi).
Ad.: Tomalak S. M., Ugol Oʻzbekistova, T., 2001.
Nuriddin Musayev.