KOʻN-POYABZAL SANOATI

KOʻN-POYABZAL SANOATI — yengil sanoatnpnt hayvonlar terisidan yumshoq va qattiq charm tayyorlaydigan hamda tabiiy va sunʼiy charmdan poyabzal ishlab chiqaradigan tarmogʻi. Bundan tashqari, charmdan kiyim-bosh, egar-jabduq, attorlik buyumlari, toʻqimachilik mashinalari va b. mashi-valar uchun detallar tayyorlanadi.

Taraqqiy etgan mamlakatlarda koʻnpoyabzal buyumlar 19-a. ning 2-yarmidan sanoat usulida tayyorlana boshlandi. Koʻn i. ch. da dastlabki charm tayyorlash va pardozlash jarayonlarining bir qismi mexanizatsiyalashtirildi, 19-a. ning 80—90-y. larida esa charmni xrom tuzlari bilan tezkor oshlash usuli joriy etildi. Bu yangilik terini oshlovchi oʻsimlik materiallari bilan ibtidoiy sodda usulda oshlab, charm tayyorlashni siqib chiqardi. Poyabzal i. ch. da mexanizatsiyalash jarayoni 19-a. ning 50-y. larida poyabzal tanovari (ustki qismi)ni tayyorlashda tikuv mashinalaridan foydalanish bilan boshlandi. Shu paytdan to 19-a. ning oxirigacha poyabzallar tayyorlash jarayonlarini mexanizatsiyalashtiradigan maxsus mashinalar ham ixtiro etildi.

19-a. ning oxiriga qadar Oʻrta Osiyoda, jumladan, Oʻzbekistonda koʻnchilik, poyabzal tikish hunarmandchilikning qad. turi sifatida oʻz anʼanalariga ega boʻlgan. Qadimdan poyabzal tikuvchi kosiblar qoʻlda har xil andoza va turda etik, maxsi, kavush tikkanlar. 20-a. ning 20-y. laridan poyabzal sano-ati korxonalari paydo boʻlishi bilan tufli, botinka, sandal, shippak, piy-ma, kalish hamda maxsus ish poyabzallari ishlab chiqara boshlandi.

Charm i. ch. tarmogʻidagi birinchi eng yirik korxona — Toshkent koʻn z-di 1928-y. da ishga tushirildi. 1941—45 y. larda Xonobodda (Andijon viloyati) teri ishlash z-di, poʻstin uchun qoʻy terisini oshlaydigan 2 korxona, 1996-y. Toshkentda yangi koʻn z-di qurildi.

1927-y. Toshkentda birinchi poyabzal f-kasi ish boshladi. 1935-y. da Toshkentda yana bir poyabzal f-kasi, Bu-xoro (1938), Samarqand (1938), Toʻrtkoʻl, Termiz (1939), Andijon, Qoʻqon, Chirchiq (1942), Namangan (1940), Yangiyoʻl (1943) sh. larida kichikroq poyabzal f-kalari foydalanishga topshirildi. 1940-y. ga kelib respublikada keng tarmoqli poyabzal sanoati shakllandi.

20-a. ning 60-y. laridan Pop rezina poyabzal f-kasi (I960), Fargʻona poyabzal f-kasi (1969), Qoʻqon koʻn z-di (1972), Fargʻona sunʼiy charm z-di (1974) ishga tushirildi. Toshkentda 1-va 2-poyabzal f-kalari, Chirchiq, Qoʻqon poyabzal f-kalari kengaytirildi va qayta jihozlandi, korxonalar mahsulot turlari boʻyicha ixtisoslashdi. Respublika boʻyicha 1980-y. da 30,3 mln. juft charm poyabzal ishlab chiqarildi va uning deyarli yarmini bolalar poyabzali tashkil etdi. 1990-y. ga kelib, Oʻzbekiston K-p. s. da 46,6 mln. juft poyabzal ishlab chiqarildi.

1995-y. «Fargʻona poyabzal» aksiyadorlar jamiyati bilan Germaniyaning «Salamander» firmasi ishtirokida «Oʻzsalaman» qoʻshma korxonasi mahsulot chiqara boshladi (yillik loyiha quvvati 8 turdagi 500 ming juft erkaqlar poyabzali). 1997-y. da Chirchiq sh. da «Kibo bolalar poyabzali» qoʻshma korxonasi ish boshladi.

Hozir «Poyabzalchi», «Orzu» (Toshkent), «Vaxt» (Chirchiq), «Kichkintoy» (Yangiyoʻl), «Mahsi» (Samarqand), «Qoʻqon poyabzali» (Qoʻqon), «Poyabzal» (Andijon), «Fargʻona poyabzal» (Fargʻona), «Naqshbandiya» (Buxoro), «Koʻnchi» kabi aksiyadorlik jamiyatlari tarmoqdagi eng yirik korxonalar hisoblanadi.

2000-y. dan Oʻzbekistondagi K-p. s. korxonalari «Oʻzbekcharmpoyabzal» uyushmasi tarkibiga kiradi. Ayni paytda poyabzal sanoati korxonalarini eng zavonaviy chet el uskunalari bilan qayta jihozlash, xom ashyo sifatida sintetik va sunʼiy mate rial l ar dan keng foydalanish ishlari amalga oshirilmokda. 2000-y. da respublikada 4,2 mln. juft poyabzal ishlab chiqarildi. Chet mamlakatlar orasida AQSH, Italiya, GFR, Fransiya, Chexiyada K-p. s. rivojlangan boʻlib, poyabzal sanoati mahsulotlarining katta qismini chet davlatlarga, shu jumladan, Oʻzbekistonga eksport qiladi.


Lotin alifbosida maqola: KOʻN-POYABZAL SANOATI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: K harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



KIYIM
TOSHKENT
YER
YENGIL SANOAT
AMALIY SANʼAT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты