KOʻRSATUV

KOʻRSATUV (huquqda) – surishtiruv, dastlabki tergov va sudla hal qilivayotgan ishga oid biror ahamiyatli holatni aniqlash uchun shaxsning soʻroqda bergan tushuntirishi. Koʻrsatuv iщdagi faktik maʼlumotlarni izoxlash, tahlil qilish, biror voqeaga va uning ishtirokchilariga aloqador fikr-mulohaza, vaj, taxmin va iltimos tarzida ham boʻlishi mumkin. Fuqarolik va xoʻjalik ishlari boʻyicha sudda taraflar, 3-shaxslar, ularning qonuniy vakillari va guvoxlar, jinoyat ishlari boʻyicha esa — gumon ostidagi shaxs, ayblanuvchi, sudlanuvchi, guvoh va jabrlanuvchi, baʼzan ekspert soʻroq kilivadi. Soʻroqsa qonun talablariga qatiy rioya qilinishi shart. Jismoniy yoki ruhiy qiyvash, qoʻrqitish, aldash, huquq va erkinliklarini gʻayriqonuniy cheklash yoʻli bilan Koʻrsatuv olishga jinoyat sifatida qaraladi va buning uchun jazo belgilangan (Oʻzbekiston Respublikasi JK, 235-modda). Bu yoʻl bilan olingan Koʻrsatuv dalil hisoblanmaydi. Taraflar, 3-shaxs, ularning qonuniy vakillari daʼvoni quvvatlash yoki inkor etish uchun Koʻrsatuv beradi. Gumon ostidagi shaxs, ayblanuvchi va sudlanuvchining Koʻrsatuvi esa ularga eʼlon qilingan gumon yoki aybga oid boʻladi. Koʻrsatuv berish ularning majburiyati emas, balki huquqi va oʻzini himoya qilish vositasidir. Shu bois ular Koʻrsatuv berishdan bosh tortgani yoki bilaturib yolgʻon Koʻrsatuv bergani uchun javobgar qilinmaydi, ammo soʻroqqa chaqirilganda kelishga majbur, aks holda militsiya orqali keltiriladi. Aybga iqrorlik mazmunidagi Koʻrsatuv sinchkovlik bilan tekshirilishi lozim va faqat toʻgotangan boshqa dalillar bilan tasdiqlanganda inobatga olinadi. Aybga iqrorlik va qilmishdan sidqidildan poʻshaymonlikni sud jazo tayinlashda eʼtiborga olishi shart. Bu xil Koʻrsatuv bergan shaxs jabrlanuvchi bilan yarashsa, baʼzi jinoyatlari uchun javobgarlikdan ozod etilishi mumkin (Oʻzbekiston Respublikasi JK 66ʻ» modda).

Guvoh va jabrlanuvchining Koʻrsatuv berishi — fuqarolik burchi hisoblanadi. Shu bois ular oʻzlariga maʼlum boʻlgan ish uchun ahamiyatli holatlar haqida Koʻrsatuv berishdan bosh tortsa yoki bila turib yolgʻon Koʻrsatuv bersa, qonunga binoan javobgarlikka tortiladi. Jismoniy yoki ruhiy nuqsonlari sababli voqealarni idrok qilishga va ular haqida Koʻrsatuv berishga layoqatsiz shaxs, shuningdek, sudda vakil yotsi himoyachi boʻlib qatnashgan shaxs guvoh sifatida soʻroq qilinishi mumkin emas. Jinoyat ishi boʻyicha gumon ostidagi shaxs ayblanuvchining yaqin qarindoshlari faqat oʻz roziligi bilan guvoh yoki jabrlanuvchi tarzida soʻroq qilinishi va Koʻrsatuv berishlari mumkin. Ekspert oʻz xulosasidagi ayrim nuqsonli, zid va noaniq jumla va iboralar haqida Koʻrsatuv berishi mumkin. Barcha Koʻrsatuv larga ishdagi dalillarga qiyoslagan holda baho beriladi.

Gʻafur Abdumajidov.


Lotin alifbosida maqola: KOʻRSATUV haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: K harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ADVOKAT
TARAFLAR
AYB
TOSHKENT
SOʻROQ


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты