MURSAK

MURSAK, murassa (arab. — ziynatlangan, bezatilgan) — avra-astarli, uzun yengli, qad. ustki kiyim. Bichigʻi toʻgʻri bichimli, toʻn yoqali, oldi chuqurroq oʻyilgan, etak barlari bir-biriga kirgan, ikki yon tomonida mayda burmalarga yigʻilgan. Mursak chetlari jiyaklar bilan hoshiyalangan. Mursak baxmal, parcha, kimxob, adras, shoyi (astari shoyi, ip matolar) dan tayyorlangan. Mursakning ichiga yupqa paxta solib qavilgan (qishki) hamda yalang qavatli (avra-astardan iborat yozgi) turlari bor. Sharq xalqdari orasida keng tarqalgan, hatto qizlarning sepiga kiritilgan. Koʻylakning ustidan kiyilgan, beliga belbogʻ bogʻlangan. 19-a. gacha ayollar uchun ustki kiyim va yopinchiq vazifasini bajargan, keyinchalik toʻy va azalarda foydalanilgan. Hozirda ayollarning tobuti ustiga yopiladigan yopinchiq sifatidagina ishlatiladi.


Lotin alifbosida maqola: MURSAK haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: M harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



KIYIM
TOʻN
OʻZBEKLAR
TOSHKENT
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты