TOʻN

TOʻN, chopon — ustki milliy kiyim; avraastarli, uzun, yengli, tik yoqali, oldi ochiq. Bichigʻi toʻgʻri bichimli boʻladi. Ichiga paxta solib qaviladigan paxtali Toʻn va paxtasiz (avraastardan iborat yalang qavat) Toʻn xili bor. T. toʻgʻri, tik va qiya qaviladi, baʼzan qavilmasdan sirma qilib tikiladi (bunda Toʻnning qavilgan astari har joy, har joyidan avrasiga chatib qoʻyiladi). Toʻn avrasi baxmal, bekasam, kimxob va b. matolardan tayyorlanadi, astariga chit va satin matolar ishlatiladi. Toʻnning tik yoqasi juda mayda qaviq choklar bn ishlangani uchun qattiq boʻladi, yoqa, yeng uchlari, etak atroflariga jiyak tikib qoshiyalanadi hamda ulardan popukchalar chiqariladi; etagining ikki yon tomonida oʻtiribturganda qulaylik yaratish uchun «yirtmoch» lari boʻladi. Toʻnning ichki tomoni (astari)ga gir aylantirib shoyi yoki qora satindan toʻrt enlik adip tutiladi. Yalang qavat (avraastarli) Toʻnlar avrasiga zar iplar bn kashta tikib zardoʻzi T. tayyorlanadi. Toʻn oʻgʻil bolaga xatna toʻyida, keyinchalik nikoh toʻyida kiydIrilgan; hozirda ham Toʻn tikish keng yoʻlga qoʻyilgan. Toʻn kundalik (yoshlar orasida uylik) kiyim sifatida kiyiladi, bundan tashqari toʻy bolaga, kuyovga, qudalarga, ulugʻ kishilarga, aziz meqmonlarga Toʻn kiydirish, azada motam kiyimlari sifatida ham kiyish udumi saqlangan.

Oʻzbekiston hududida Toʻnning bichimi bir xil, ayrim xususiyatlari (uzunligi, matoning rangi va bezatish usullari) bn bir-biridan farqlanadi, xolos.

Toshkent — Fargʻona T. i sipo (koʻk, yashil, sariq, binafsha) rangli matolardan tikiladi, 20-a. boshlaridan qora satin va seylondan tayyorlangan Toʻn kiyish urf boʻlgan; yoshlar ochiq rangli (sariq, binafsha, yashil, oq, koʻk, pushti, qizil) yoʻlli beqasam T. kiygan, bunday Toʻnni kelin tomon kuyov T. i sifatida kuyovga sovgʻa qilib yuborgan; yana kimxobdan tikilgan Toʻn ham nafis, mayda qavib tayyorlanishi bn boshqalardan farq qiladi. 20-a. oxirgi choragidan beqasam Toʻnlar bn bir qatorda chiyduxoba, baxmaldan tayyorlangan Toʻnlar keng tarqaldi.

Buxoro T. lari keng va uzun, yorqin rangli, yaltiroq, keng yoʻlli va yirik gulli matodan tikiladi; zardoʻzi Toʻnlar amir va uning amaldorlarigagina xos boʻlib, baxmal, kimxob va b. matolardan faqat amir saroyida tayyorlangan; hozir barcha viloyatlarda zardoʻzi Toʻn tayyorlash keng yoʻlga qoʻyilgan. Samarqand T. i uzun va oʻrtacha kenglikda tikiladi, ularda Buxoro va Toshkent — Fargʻona Toʻn larining taʼsiri seziladi.

Xorazmning yengil Toʻni (astardesh) oʻrta kenglik va uzunlikda, paxtali Toʻni (doʻn) esa qomatga yopishibroq bichimda toʻq rangli, ingichka yoʻlli matolardan tikiladi; matoga maxsus ishlov beriladi (yaʼni, yaltiroq holga kelguniga qadar kudunglanadi). Tikuv mashinasi paydo boʻlganidan soʻng Toʻnlar mayda mashina chokida ham qavila boshlandi.

Toʻn — qad. kiyim turi; buni Oʻzbekiston hududida saqlangan devoriy rasmlardan, miniatyuralardagi tasvirlardan bilish mumkin. Qadimdan xon va amirlar tomonidan boy va amaldorlarga yaxshi xizmatlari evaziga, mehmonlar, elchilar, xorijiy mehmonlarga Toʻn kiydirilgan, bu odat hoz. kunda ham saqlangan. 18-a. dan T. Rossiya, Xitoy, Eron va b. mamlakatlarga chiqarilgan. 19-a. dan Rossiya bn aloqalarda muhim eksport mahsulotiga aylangan, ayniqsa, Buxoroning zarboft, Sa2 marqandning kimxob Toʻnlari mashhur boʻlgan. Oʻrta Osiyo, jumladan, Oʻzbekiston Toʻnlari Xalqaro koʻrgazmalar (Parij, Moskva, Nijniy Novgorod, Peterburg va b.) da namoyish etilgan hamda mukofotlarga sazovor boʻlgan.

Oʻzbekiston Toʻn larining eng yaxshi namunalari respublika va xorijiy mamlakatlar muzeylari va xususiy toʻplamlarda saklanadi.


Lotin alifbosida maqola: TOʻN haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



KIYIM
ZARDOʻZLIK
OʻZBEKLAR
HARBIY KIYIMLAR
MURSAK


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты