OZARBAYJON TILI

OZARBAYJON TILI — turkiy tillar oilasining oʻgʻuz guruhiga mansub til; asosan, Ozarbayjon Respublikasi va Eron Islom Respublikasida, qisman Armaniston, Gruziya, Turkiya, Iroq Respublikalarida tarqalgan. Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 14 mln. kishidan ortiq (jumladan, Ozarbayjonda 6 mln. ga yaqin — 1979-y. maʼlumotlari). Ozarbayjon tili 4 lahja guruhiga ega: sharqiy (kuba, boku, shemahi lahjalari va mugʻan, lankaran shevalari); gʻarbiy (kazax, qorabogʻ, ganja lahjalari, ayrum shevasi); shim. (nuhin lah-jasi va zakatala-kox shevasi); jan. (na-xichevan, oʻrdubod, tavriz lahjalari, yerevan shevasi). Lahjalardagi farklar, asosan, fonetika va leksika sohalarida kuzatiladi.

Ozarbayjon tili fonetikasining boshqa turkiy tillarga nisbatan farkli jihatlari: O. t. da 9 unli, 23 undosh tovush bor; bar-cha oʻrinlarda G fonemasining keng qoʻllanishi; asli turkiy k/k, undoshlarining jaranglilanishi (qongan) va boʻgʻiz tovushiga aylanishi (qachon-pachan) soʻz boshidagi baʼzi ja-rangli undoshlarning jarangsizlanishi (balchiq—shalchig) va b. Morfo-logiyada bir qator affiksal koʻrsatkichlar oʻzaro farqlansa, sintaksisda bogʻlovchili qoʻshma gaplar tizimi ri-vojlangan. Hoz. Ozarbayjon tili leksikasining aso-siy qismini shu tilning oʻziga mansub va umumturkiy soʻzlar tashkil etadi; shuningdek, unda arab va fors tillaridan oʻzlashgan soʻzlar ham anchagina.

Yozuvi 1929-y. gacha arab grafikasi asosida, 1929—39 y. larda lotin grafikasi asosida, 1939—90 y. larda rus grafikasi asosida boʻlgan. 1992-y. dan yana lotin grafikasi asosidagi yozuv joriy etilgan. Hoz. adabiy Ozarbayjon tili (Ozarbayjon Respublikasida) 19-a. ning oʻrtalarida boku va shemahi lahjalari asosida shakllana boshlagan.


Lotin alifbosida maqola: OZARBAYJON TILI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: O harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



GRUZIYA
ERON
ARMANISTON
KUBA
OZARBAYJON


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты