OLIMPIADA OʻYINLARI

OLIMPIADA OʻYINLARI — 1) Yunonistonda umumyunon bayrami va musobaqalari (2 gʻildirakli aravada tez yurish, beshkurash, mushtlashish musobaqalari, sanʼat konkursi). Mil. av. 776-y. dan boshlab milodiy 394-y. gacha har 4 yilda Olimpiya sh. da xudo Zevs sharafiga oʻtkazilgan. Ana shu 4 yillik davr Olimpiada deb atalgan. Oʻyinlar 5 kun davom etgan;

2) Yunonistonning Olimpiada oʻyinlarini eslatuvchi jahon sport musobakalari. 1896-y. (Olimpiadaning 1-yili) dan boshlab oʻtkaziladi. Olimpiada oʻyinlarini oʻtkazish tartibi, qoidalari Olimpiya xartiyasida belgilab berilgan. Bu xartiyani zamonaviy olimpiya harakati asoschisi, fransiyalik jamoat arbobi Pyer de Kuberten (1863—1937) ishlab chiqqan. 1894-y. Parijda Xalqaro sport kongressi xartiyani tasdiklagan (yangi tahriri 1999-y. qabul qilingan). Oʻyinlar Xalqaro Olimpiada soʻmitasi (XOQ) tomonidan tashkil qilinadi. Oʻyinlarda musobaqalar sportning faqat olimpiya turlari boʻyicha oʻtkaziladi. Olimpiya sport turi xartiyaga binoan aniqlanib, u eng keng tarqalgan (yozgi oʻyinlarning erkaklar uchun sport turi 4 qitʼaning kamida 75 davlatida va ayollar uchun esa, 3 qitʼaning kamida 40 davlatida tarqalgan) boʻlishi kerak. Dasturga yengil atletika, gimnastika, suzish, ogʻir atletika, kurash, boks, qilichbozlik, eshkak eshish, velosiped sporti, futbol, basketbol musobakalari, albatta, kiritiladi. 1968-y. dan Olimpiada oʻyinlari tashkiliy qoʻmitasi XOQ tomonidan tasdiklangan madaniy dastur tadbirlarini oʻtkazib keladi. Bu tadbirlar sanʼat vositasida olimpiadaning xalklar oʻrtasida tinchlik va totuvlik ideallarini targʻib qilishga qaratilgandir. 1924-y. dan Olimpiada oʻyinlarining qishki qismi mustaqil musobaqalar sifatida oʻtkaziladi (q. Qishki olimpiada).

Olimpiada shiori «Tezroq, balandroq, kuchliroq» (lot. «Citius, altius, Sortius») 1920-y. dan olimpiada emblemasiga kiradi. Olimpiada emblemasi — koʻk, qora, qizil (yuqori qator), sariq va yashil (pastki qator) rangdagi bir-biriga chatishgan 5 halqa — olimpiada harakatiga birlashgan 5 ta qitʼa ramzi. Har bir olimpiada, shuningdek, oʻz emblemasiga ega: olimpiadaning 5 halqasi (halqalar) va oʻyinlar tashkilotchisi boʻlgan shahar ramzi, oʻyinlar oʻtkazilayotgan yil, joy va h. k. Olimpiada bayrogʻi — Olimpiada timsoli (5 halqa) tushirilgan oq mato barcha Olimpiada oʻyinlarida koʻtariladi. Olimpiada oʻyinlarining anʼanaviy atributa Olimpiada mashʼalasidir. U Alfey daryosi vodiysidagi Kronos togʻ yon bagʻrida quyosh nurlaridan yondirilib, oʻyinlarning tantanali ochilishiga estafeta bilan olib kelinadi va olimpiada stadionidagi maxsus mehrobda oʻyinlar yopilguncha (16 kun) yonib turadi.

Olimpiada emblemasi.

Jahon Olimpiada oʻyinlari (tartib soni va oʻtkazilgan yili); I — 1896 (Afina), II — 1900 (Parij); III — 1904 (Sent-Luis, AQSH), IV – 1908 (London), V – 1912 (Stokgolm), VII — 1920 (Antverpen), VIII – 1924 (Parij), IX – 1928 (Amsterdam), X — 1932 (LosAnjeles, AQSH), XI – 1936 (Berlin), XIV – Olimpiada medali. 1896, Afina. 1948 (London), XV — 1952 (Xelsinki), XVI — 1956 (Melburn, Avstraliya), XVII – 1960 (Rim), XVIII – 1964 (Tokio), XIX – 1968 (Mexiko), XX – 1972 (Myunxen, GFR), XXI – 1976 (Monreal, Kanada), XXII – 1980 (Moskva), XXIII — 1984 (Los-Anjeles, AQSH), XXIV – 1988 (Seul), XXV – 1992 (Barselona), XXVI – 1996 (Atlanta, AKD1), XXVII – 2000 (Sidney). 1 – va 2-jahon urushlari tufayli VI (1916), XII (1940), XIII (1944) Olimpiada oʻyinlari oʻtkazilmagan.

Oʻzbekiston sportchilari Olimpiada oʻyinlarida 1952-y. dan buyen (1992-y. gacha sobiq Ittifoq va MDH sportchilari jamoasi tarkibida, 1996 va 2000 ylarda mu-staqil davlat vakillari sifatida) qatnashib keladi. Olimpiada harakatini rivojlantirishdagi alohida xizmatlari uchun Oʻzbekiston Respublika-si Prezidenti I. A. Karimov XOQ tomonidan Olimpiada oltin ordeni bilan takdirlangan (1996).


Lotin alifbosida maqola: OLIMPIADA OʻYINLARI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: O harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
XITOY
YAPONIYA
KALENDAR
HINDISTON


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты