NEFT GAZLARI — neft bilan birga chiqadigan uglevodorod gazlari, shuningdek, neftni qayta ishlash paytida hosil boʻladigan gazlar. 1 m3 hajmdagi Neft gazlari tarkibida 100—150 g benzin fraksiyalari boʻladi. Yonish issikligi 29-38 MJ/ m3 (7000-9000 kkal/m3). Neft gazlarining alohida xususiyatlaridan biri — tarkibida metandan tashqari etan, propan, butan va ogʻir uglevodorodlar bugʻlarining mavjudligidir. Aksari Neft gazlarida qoʻshimchalar sifatida vodorod sulfid va yonmaydigan komponentlar (azot, uglerod (U1)oksid, argon va geliy) uchraydi (yana q. Gazlar).