OLTIN SANOATI

OLTIN SANOATI, oltin qazib chiqarish sanoati — kon sanoatining tugʻma va sochma konlardan oltin qazib oluvchi tarmogʻi. Oltin qazish juda qadim davrdan maʼlum. Turli mamlakatlarda: Gana (1471), Meksika (1500), Peru, Chili (1532), Braziliya (1577), Rossiya (Ural, 1745), Kanada (Kvebek, 1823), AQSH (Kaliforniya, 1848; Kolorado, 1858; Alyaska, 1890), Avstraliya (1851), JAR (1884) va b. mamlakatlar hududlarida oʻrta asrlardan boshlab boy oltin konlari topilgan va qazib olingan. 19-a. ning oxiri va 20-a. ning boshlarida yirik oltin konlarining ochilishi va texnikaning umumiy taraqqiyoti Oltin sanoatining rivojla-nishiga zamin yaratdi. Dunyo boʻyicha 15-a. da 763 t, 17-a. da 914 t, 18-a. da 1890 t, 19-a. da 11616 t oltin olindi.

Oʻrta Osiyoda, xususan, hoz. Oʻzbekiston yerlarida oltin qazib olish va undan turli taqinchoklar, zargarlik bu-yumlari, bezaklar yasash mil. av. 6—5-a. lardayoq mavjud boʻlganligi arxeolo-gik topilmalardan maʼlum. Tarixda Oʻzbekiston hududida 5-a. gacha, 5—12 – a. larda va 17— 20-a. larda oltin qazib olingan 30 dan ortiq koʻxna oltin konlari boʻlgani aniklangan. Tugma (erkin uchraydigan) oltin konlarini oʻzlash-tirishga qadar oltin, asosan, sochma konlarda ibtidoiy usullarda — oltin zarralari aralash qumni qoʻy terisi qoplangan yogʻoch togʻoralarda yuvib, aj-ratib olingan. Sochma oltin olish 10 — 11-a. larda Chatqol, Chirchiq, Norin, Koson, Soʻx, Zarafshon, Darvoz daryolari vodiylarida olib borilganligi haqida manbalarda maʼlumotlar bor. Oʻrta asrlarda oltinli qumlarni yuvish b-n birga moʻgʻullar bosqiniga qadar Chatqol — Qurama, Nurota togʻlarida, Markaziy Qizilqumdagi konlardan tugʻma oltin qazib olingan. Moʻgʻullar bosqinidan keyin Oʻrta Osiyoda kon qazish ishlari asta-sekin inqirozga yuz tutdi, koʻpgina oltin konlari unutildi.

Oʻrta Osiyoning mineral xom ashyo resurslarini oʻrganishda 19-a. ning oxirgi choragida jiddiy ishlar olib borildi: oʻlkaning barcha joylarida tadqiqotlar oʻtkazildi, geologik xaritalar tuzildi, ayrim konlar tavsiflandi. 1917-y. gacha Chirchiq, Piskom va Chatqol daryolari vodiylarida kichik-kichik oltin izlovchilar korxonalari oltin olish bilan shugʻullanganlar, 1913—17 y. larda Obirahmat darasi (Toshkent viloyati)dagi «Nikolay» oltin konidan foydalanilgan. 1930-y. lar boshida «Oʻzbekoltinnoyobmet» tresti tashkil etildi. Oʻsha yillari Ohangaron, Chirchiq daryolari vodiylarida, Qurama togʻlarida oltin izlovchilar oltinni qumni yuvish usulida ajratib olar, yillik oltin bir necha oʻn kg dan oshmas edi. Keyinchalik oʻsha joylarda rudali oltin konlari topildi. 1941—45 y. larda oltin izlovchilik (artel) yoʻli bilan oltin ajratib olish jadal olib borildi, olingan yillik oltin mikdori qariyib 50 kg ga yetdi. 1950-y. sochma oltin izlash ishlari toʻxtatildi. 1950-y. lardan rudali oltin konlarini izlash va razvedka qilish boʻyicha olib borilgan fundamental tadqiqotlar natijasida Qoraqoʻton, Bichanzor, Pirmirob, Gʻoʻzaksoy, soʻngra Qoʻshbuloq, Muruntov, Chormiton, Marjonbuloq, Kauldi, Kizilolmalisoy, Sarmich va b. ruda konlari to-pildi.

1965-y. SSSR rangli metallurgiya vazirligiga boʻysunuvchi «Oʻzbekoltin» birlashmasi va b. oltin qazib olish korxonalari tashkil etildi. Qazib olgan flyus rudalaridan Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining mis eritish z-dida oltin ajratib olish yoʻlga qoʻyildi. 1970-y. da Chodak oltin koni ishga tushirildi. Oʻsha vaqtdan respublikada Oltin sanoati shakllandi, oltin olish oldingi yillarga nisbatan 3-marta koʻpaydi. 1972-y. Qoʻshbu-loq koni va Angren oltin ajratish f-kasi loyiha quvvatlarida ishlay boshladi. 1977-y. Kauldi, 1980-y. Mar-jonbuloq oltin qazib olish majmu-asi, 1989-y. Zarmitan va Qizilolmalisoy konlari foydalanishga topshirildi.

Oʻzbekiston mustaqillikka erishishi b-n Oʻzbekiston hukumati uzoq yillar davomida SSSRning Markaziy hukumati ixtiyorida boʻlgan oltin qazib olish sanoatini respublika mustakilligini mustahkamlash yoʻlida rivojlantirish boʻyicha bir qancha tashkiliy choralarni koʻrdi.

Oʻzbekiston rivojlangan kon qazib olish sanoati hamda yirik resurs potensialiga ega boʻlib, 1999-y. dan eʼtiboran yillik oltin qazib chiqarishni keskin koʻpaytirdi. Respublika oltin qazib olish sanoatining yirik markazi «Qizilqumnodirmetall-oltin» konsernining (1991) bosh korxonasi — Navoiy kon-metallurgiya kombinatiyapr. Oltin qazib olish boʻyicha «Zarafshon-Nyumont» Oʻzbekiston-AQSH qoʻshma korxonasi 1995-y. dan boshlab samarali faoliyat yurgizib kelmokda. Korxona yiliga 10 t dan ziyod oltin ishlab chikaradi.

1995-y. Markaziy Qizilqumdagi Amantaytov oltin konini oʻzlashtirish maqsadida Buyuk Britaniyaning «Oksus Mayning» kompaniyasi bilan hamkorlikda «Amantaytau Golfildz» (AGF) qoʻshma korxonasi tuzildi. Loyihaning ilk bosqichi amalga oshirilishi bilan koʻzda tutilgan i. ch. unumdorligiga eri-shiladi. Chormiton oltin konini ishga tushirish koʻzda tutilayotgan «Maltipleks Mayning» (Avstraliya) kompaniyasi bilan hamkorlikda Zarmitan loyihasi ham nihoyasiga yetkazilmoqda. Yiliga 9 t oltin i. ch. imkoniyatini bera-digan ushbu loyihani amalga oshirish uchun sarflangan dastlabki investitsiya hajmi 69,8 mln. AQSH dollarini tashkil etdi (2003).

Toshkent va Namangan viloyatlarida joylashgan konlarda oltin kazib chiqarish ishlari Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida amalga oshiriladi. Uning tarkibida Angren, Kauldi va Chodak konchilik korxonalari, Angren va Chodak oltin ajratish fabrikalari faoliyat koʻrsatadi.

Oʻzbekiston oltini asillik darajasi (probasi) jihatdan jahonda oldingi oʻrinlarni egallaydi. Oʻzbekiston Oltin sanoati yeda bir yilda 80 t atrofida oltin ishlab chikariladi. 1994-y. da Navoiy kon-metallurgiya k-tida olingan oltin yombilar London rangli metallar birjasining sertifikatini olgan (yana q. Zargarlik sanoati, Rangli metallurgiya).

Nurmuhammad Ahmedov, Yuriy Paramonov.


Lotin alifbosida maqola: OLTIN SANOATI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: O harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



KANADA
ROSSIYA
AMERIKA QOʻSHMA SHTATLARI
CHILI
MEKSIKA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты