OLXOʻRI, olu (Prunus) — raʼnodoshlar oilasiga mansub danakli meva daraxti yoki buta. 30 dan ortiq turi maʼ-lum. Eng koʻp tarqalgan turi oddiy Olxoʻri boʻlib, togʻolcha bilan yovvoyi olxoʻri (tern)ning tabiiy chatishishidan kelib chiqqan deb taxmin kilinadi. Vatani — Kichik Osiyo, Kavkaz, Shim. Eron. Oʻzbekistonga Eron orqali keltirilgan. Hozir Oʻrta Osiyoda dastlab keltirilgan oq olu, sariq olu, qora olu va ulardan kelib chiqqan navlar tarqalgan. Olxoʻri joy tanlamaydi. 2000 ga yaqin (Oʻzbekis-tonda 200 dan ortiq) navi bor. Oʻzbekistonda ekilish maydoni jihatidan danakli meva daraxtlari orasida oʻrikdan keyin turadi. Barglari ketma-ket, gullari yakka yoki 2—3 tadan oʻrnashgan, oq yoki koʻkish.
Olxoʻri mevasi dumaloq, tuxumsimon, choʻzinchoq, 60—100 g, sariq, yashil, qizil, koʻkimtir-qora; mumgʻubor bilan qoplangan. Tarkibida 14—21% qand, 0,5—1,2% kislota, azotli moddalar va vitaminlar mavjud. Yangiligida yeyiladi, qoqi, konserva qilinadi, shar-batli ichimliklar, jem, murabbo, qiyom va b. mahsulotlar tayyorlanadi.
Olxoʻri, asosan, payvandlab hamda ildiz bachkisidan koʻpaytiriladi. Olxoʻri uchun eng yaxshi payvandtag togʻolcha. Koʻchati oʻt-qazilgach, 4—6-yili hosilga kiradi. Oʻzbekistonda mart-apr. da gullaydi, mevasi iyunning ikkinchi yarmidan sent. oxirigacha pishadi. 20—25 yil yaxshi hosil beradi (daraxti 30—50 kg, ayrimlari 100 kg gacha); sovuqqa chidamli. Parvarishi danakli meva daraxtlarinikiga oʻxshash. Oʻzbekistonda Vengerka, Berton, Ispolin olxoʻrisi, Samarkand qora olu-si, Vashington va b. navlari ekiladi.
Zararkunandalari: olxoʻri qurti, olma qurti.
Kasalliklari: klyasterosporioz va b.
Ad.: Pomologiya Oʻzbekistona, T., 1983; Ribakov A. A., Ostrouxova S. A., Oʻzbekiston mevachiligi, T., 1967.