NISBIYLIK PRINSIPI

NISBIYLIK PRINSIPI – har qanday inersial sanoq sistemalarida bir xil sharoitlarda barcha fizik hodisalar aynan bir xilda sodir boʻlishi haqidagi asosiy qonun. Nyutonning ikkinchi qonuni ham barcha inersial sanoq sistemalarda bir xil koʻrinishda yoziladi va bir xil mazmunga ega, degan xulosaga kelish mumkin. Bu xulosa Galiley nisbiylik prinsipi deb ataladi. Kuzatishlar natijasida toʻplangan maʼlumotlar, faqat mexanik hodisalar emas, balki har qanday hodisalar va ularni ifodalovchi tabiat qonunlari hamma inersial sanoq sistemalarda bir xilda sodir boʻlishini koʻrsatadi.

1887-y. da A. Maykelson yorugʻlikning boʻshliqsagi tezligi yorugʻlik manbaining harakatidan qatʼi nazar, barcha inersial sanoq sistemalarda bir xil qiymatga ega ekanligini tajribada isbotladi. Fizikaning asosiy qonunlaridan boʻlgan elektrodinamika qonunlarini ifodalovchi Maksvell tenglamalari ham barcha inersial sanok, sistemalarda bir xil koʻrinishga ega. Maksvell tengla-malari Galiley almashtirishlariga invariant emas ekan. A. Eynshteyn Galiley almashtirishlarini universal xarakterga ega emasligini, bunday hollarda fazo bilan vaqt orasida oʻzaro bogʻlanishlar mavjudligini eʼtiborga oluvchi Lorents almashtirishlariagsh foydalanish zarur ekanligini koʻrsatdi. Yorugʻlik nurining boʻshliqdagi tezligi barcha inersial sanok, sistemalarda bir xil qiymatga ega boʻlib, yorugʻlik manbaining harakatiga bogʻliq emasligi va Nisbiylik prinsipi asosida Eynshteyn nisbiylikning maxsus nazariyasini yaratgan.

Ad.: Eynshteyn A., Sbor. nauch. trudov, t. t. 1— 4, M., 1967; Bekjonov R., Eynshteyn va nisbiylik nazariyasi, T., 1978.


Lotin alifbosida maqola: NISBIYLIK PRINSIPI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: N harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



FIZIKA
OPTIKA
INERSIAL SANOQ SISTEMASI
YER
GALILEY NISBIYLIK PRINSIPI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты