OSHIQOʻT

OSHIQOʻT (Chrorophora Neck.) – sutlamadoshlar oilasiga mansub bir yillik oʻtsimon oʻsimliklar turkumi. Oʻzbekistonda bir necha turlari, xususan, olmagul Oshiqoʻt (Ch. hierosolymitana Spreng.), qiyshiq Oshiqoʻt (Ch.obliqua (vahl) A. Juss.) uchraydi. Bir uyli, ayrim jinsli oʻsimlik. Sershox, barglari uzun bandli, keng tuxumsimon yoki rombsimon, chetlari oʻyma tishchali, uz. 2,5—6 sm, eni 1,8—5 sm. Tojbarglari koʻp, tupguli shingilsimon, sershox, chochoqtupgulli. Changchi gullari 5—8 ta, gulkosa va gultojibarglari 5 bulakli, urugʻchi gullari 2—6 ta, uzun gulbandda urnashgan. Kusakchasi tuklar bilan qoplangan. May — sent. oylarida gullab, urugʻlaydi. Kupincha adir va togʻli mintaqalarda, ekinlar orasida oʻsadi.


Lotin alifbosida maqola: OSHIQOʻT haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: O harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



XITOY
MADANIY OʻSIMLIKLARNING KELIB CHIQISH MARKAZLARI
YER
QICHITQI OʻT
PIYOZ


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты