NYU

NYU (frans. pi — yalangʻoch) — tasviriy sanʼatning yalangʻoch, koʻproq ayol tanasini tasvirlovchi janri. Uygʻonish davrida mifologiya, allegoriya (majoz), tarixiy va maishiy janrlar sohasida yuzaga kelgan. Jorjone, Titsian, Korrejo va b. ning asarlarida yalangoch ayol tanasi tasviri orkali italyan insonparvarlarining ayol goʻzalligi haqidagi tasavvurlari ifoda etilgan. Janr sifatida 17-a. da shakllangan.

P. P. Rubens asarlarida barokkoga xos hashamdor shakllar, yosh goʻzalning hayotiy nafosati aks etgan. Velaskesning «Venera koʻzgu b-n» (1651) asarida ayol tanasi asosiy mavzuga aylansa, Rembrandtning «Suvga tushayotgan ayol» (1655) asarida ayol nozik maishiy holatda tasvirlanadi. G. Kurbe asarlarida mifologik asosdan voz kechadi, O. Renuar asarlarida yalangʻoch ayol manzara bilan uygʻunlikda (nur va havoga choʻmilayotganday) tasvirlanadi. Nyu namunalaridan biri — A. S. Belolli (1820—1881 )ning «Choʻmilayotgan ayol» asari (1870) Oʻzbekiston sanʼat muzeyida saqlanadi. 20-a. tasviriy sanʼatida Nyu rivoji yangi ifoda vositalari izlash b-n bogʻliq boʻlib (P. Pikasso, A. Modilyani va b.), bu obrazlar taʼsirchanligini oshirdi.


Lotin alifbosida maqola: NYU haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: N harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



FRANSIYA
TARIXIY JANR
UYGʻONISH DAVRI
MIFOLOGIYA
ITALIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты