OʻGAY OTA

OʻGAY OTA — boshqa nikohdan boʻlgan bolaning otasi. Oʻgay ota oʻgay bolalar (oʻgil va qizlar)ga nisbatan shaxsiy huquq va majburiyatlarga ega emas. Oʻgay ota va oʻgay bola (oʻgʻil va qizlar) oʻrtasida hech qanday qarindoshlik fakti mavjud emas. Oila qonunchiligiga koʻra, Oʻgay ota va oʻgay bola oʻrtasida mulkiy huquq hamda majburiyatlar vujudga kelishi mumkin. Agar Oʻgay otaning tarbiyasi va taʼminotidagi voyaga yetmagan bolalar ota-onalari boʻlmasa yoki oʻz ota-onalaridan taʼminot uchun yetarli mablagʻ ololmasalar, Oʻgay ota ularga taʼminot berishga majburdir. Oʻz navbatida, oʻgay bolalar oʻzlarini maʼlum davrda tarbiyalagan yoki taʼminlagan Oʻgay ota mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj boʻlib qolgan taqdirda, uni moddiy jihatdan taʼminlashi kerakligi ham qonunda nazarda tutilgan (Oʻzbekiston Respublikasi OK ning 128-moddasi).


Lotin alifbosida maqola: OʻGAY OTA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: O' harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ALIMENT
O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
General Chernyayevning Toshkentga bosqini
TOSHKENT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты