PARANJI (arab, faraji — keng koʻylak) — koʻpchilik musulmon ayollarining yopinchigʻi; chachvon bilan birga ansambl hosil qilgan. Ayollar gavdasini boshidan oyoq yashirib turishga xizmat qiladi. Bichimi keng toʻn shaklida boʻlib, yelkadan pastga tomon to-rayib boruvchi uzun bandagi (yengi) etakka yaqin joyda bir-biriga chatib birlashtiriladi. Ayol yuzini chachvon toʻsib turadi. Avraastarli kilib tikiladi. Avrasi baxmal kimxob, bano-ras, olacha va b. matolardan tikilib, chetlari kashta tikib, kashtali jiyaklar tutib beza-tiladi, astari chit, satindan tayyorlanadi hamda chetlariga zangori, pushti yoki si-dirgʻa shoyidan adip qilinadi. Paranjining ikki yoni (choʻntak oʻrni)ga tik tushgan (25 sm uzunlikda) 2 ta jiyak tutashtirib chatiladi, jiyaklar uchidan popukchalar chiqarilgan, baʼzan qoʻngʻiroqchalar osilgan.
Paranjining oʻtmishdoshi faraji ham erkaklar, ham ayollarning yengil keng ustki kiyimi bulgan. Qad. Misrda paydo bulgan va b. sharq mamlakatlariga tarqalgan. Oʻrta Osiyoda 16-a. da ilm axlining ustki kiyimi hisoblangan. 16-a. dan ayolni begona kuzlardan yashiruvchi yopinchigʻiga, uzun yenglari bezak qismiga aylangan. Paranji yopinish islom shariatiga moye kelgan. 20-a. dagi ijtimoiy oʻzgarishlar jarayonida (ayniqsa, 30-y. lardan boshlangan «Hujum» harakati va b. tufayli) Paranji deyarli urfdan qolgan.