PARMA

PARMA — metall, yogʻoch va b. materialdan yasalgan buyumlarga teshik ochish, chuqurcha oʻyish uchun ishlatiladigan kesuvchi asbob. Ish va quyruq qismidan iborat. Ish qismida kesish elementlari joylashgan. Quyruq qismi konus va silindr shaklli boʻladi. Tuzilishiga koʻra, spiral (vintsimon), chuqur teshiklar teshadigan, markazlovchi, patsimon tigʻli va b. xillari boʻladi. Metall buyumlarga teshik ochishda spiral Parma keng qoʻllaniladi (1-rasm). Uning ish qismi kesuvchi qirralar, qirindini chiqarib turuvchi ariqchalar va yoʻnaltiruvchi lentachalardan iborat. Bunday Parmalar uglerodli yoki keskir poʻlatdan yasaladi, baʼzan, kesuvchi qir-ralarga qattiq qotishmalardan tayyorlangan plastina yopishtiriladi. Yogʻoch buyumlaruchun moʻljallangan Parma larning kesuvchi qismi boshqacharoq tuzilgan (2-rasm). Silindrik va vintsimon xillarga boʻlinadi. Silindrik Parmaning markazlovchi va qoshikli, vintsimon Parmaning spiralsimon, shneksimon, shtopor va b. xillari bor. Yogʻoch uchun qoʻl parma ham ishlatiladi.

Parmalar mexanik asboblar (elektr P., elektr drel), parmalash stanoklari, tokarlik stanoklari, dastaki stanoklarga oʻrnatib ishlatiladi.


Lotin alifbosida maqola: PARMA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: P harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
General Chernyayevning Toshkentga bosqini
O'zbekistonning urush girdobiga tortilishi


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты