QATAR

QATAR, Qatar Davlati (Davlatu Qatar) — Janubiy Gʻarbiy Osiyodagi davlat. Qatarya. o. dajoylashgan. Mayd. 11,4 ming km2. Aholisi 793,3 ming kishi (2002). Poytaxti — Doʻha shahri Davlat tuzumi. Qatar — mutlaq monarxiya. Amaldagi konstitutsiyasi 2003 yil apr. dagi referendumda maʼqullangan va 2005-yildan kuchga kirgan. Davlat boshligʻi — amir (1995-yildan shayx Hamad bin Xalifa Ol Soniy); u qurolli kuchlar bosh qoʻmondoni hamdir. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni hukumat amalga oshiradi.

Tabiati. Sohil qismi past, marjon riflari bilan oʻralgan. Yer yuzasi choʻl landshaftli tekislikdan iborat (eng baland joyi 56 m), voha kam, ayrim joylari botqoqlashgan tekislik. Neft va tabiiy gaz konlari bor.

Iqlimi tropik, quruq iqlim. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi 16°, iyulniki 32°, eng yuqori t-ra 45». Yillik yogʻin 125 mm chamasida. Qatarda muntazam oqib turadigan daryolar yoʻq. Choʻl oʻsimliklari oʻsadi.

Aholisi, asosan, mahaliy arablar; qolganlari boshqa arab mamlakatlari, Eron, Pokiston, Hindiston hamda Afrikadan kelganlar. Rasmiy til — arab tili. Davlat dini islom. Shahar aholisi 91%. Asosiy shaharlari: Doʻha, UmmSaid, Doʻhan.

Tarixi. Qatar ya. o. da aholi mil. av. 3—2-ming yillikdan yashab kelgan. Qatarni bir necha marta Sosoniylar egallagan. 7—10-asrlarda Arab xalifaligi tarkibida boʻlgan. 10-asrdan Qarmatlar davlatiga kirdi. 13^14-asrlarda Bahrayn amirligi hukmronligi ostida boʻldi. 16-asr boshlarida portugallar, keyinroq usmonli turklar bosib oldi. 18-asrning 2-yarmida Qatar hududida Soniy sulolasi boshchiligidagi kichik sultonlik tashkil etildi. Bu sulola 19-asrning oxirida Qatarni birlashtirdi. 1871 — 1914-yillarda Qatar yana Usmonli turk imperiyasi hukmronligi ostida boʻldi. 1916—71 yillarda Buyuk Britaniya protektorati. 1971-yil 1-sentyabrda mustaqil davlat deb eʼlon qilindi. Qatar — 1971-yildan BMT aʼzosi. Milliy bayrami — 3-sentyabr — Mustaqillik kuni (1971). OʻzR suverenitetini 1991-yil 30 dek. da tan olgan va 1997-yil 27 noyab. dan diplomatiya munosabatlarini oʻrnatgan. Qatarda siyosiy partiya va kasaba uyushmalari yoʻq.

Xoʻjaligi. Qatar iqtisodiyotining asosi — neft qazib chiqarish va uni qayta ishlash; asosiy neft konlari Doʻhan r-nida joylashgan. Yalpi ichki mahsulotda q. x. ning ulushi 1%, sanoatniki 49%, xizmat koʻrsatish tarmogʻiniki 50% ni tashkil etadi.

Sanoatida neftdan tashqari, tabiiy gaz ham qazib chiqariladi. Shuningdek, oʻgʻit, neft kimyosi sanoati mahsulotlari, sement ishlab chiqariladi, gaz suyultiriladi. UmmSaid shahrida metallurgiya z-di ishlaydi. Avtomobillarni taʼmirlash ustaxonalari, alkogolsiz ichimliklar zdlari bor. Yiliga oʻrtacha 5,9 mlrd. kVtsoat elektr energiyasi hosil qilinadi.

Qishloq xoʻjaligi sust rivojlangan. U ichki ehtiyojning 10% ni qondiradi. Vohalarda xurmo (finik palmasi) oʻstiriladi; bugʻdoy, makkajoʻxori, tariq, joʻxori, sabzavotlar ekiladi, bogʻdorchilik bilan shugʻullaniladi. Koʻchmanchi va yarim koʻchmanchi chorvachilik (qoʻy, echki, tuya boqiladi) mavjud. Sohilga yaqin suvlardan baliq, krevetka ovlanadi, marvarid olinadi.

Qatarda temir yoʻl yoʻq. Avtomobil yoʻllari uz. 1,2 ming km (90% qattiq qoplamali). Gaz va neft quvurlari uz. 550 km dan ziyod. Dengiz savdo flotining tonnaji — 636 ming t dedveyt. Dengiz portlari: Doʻha va UmmSaid. Qatar chetga neft va neft mahsulotlari, oʻgʻit, sement, suyultirilgan gaz, dengiz mahsulotlari chiqaradi. Chetdan oziqovqat, sanoat jihozlari, keng isteʼmol mollari oladi. Tashqi savdoda Yaponiya, AQSH, Buyuk Britaniya, BAA, Germaniya bilan hamkorlik qiladi. Pul birligi — Qatar riali. Tibbiy xizmati, maorifi va madaniy-maʼrifiy muassasalari. Aholi uchun tibbiy xizmat bepul. Vrachlar chet elda tayyorlanadi. Oʻrta maktablarda oʻqish bepul. Oʻrta umumiy taʼlim va hunartexnika oʻquv yurtlari, un-t bor. Milliy muzey, akvarium, etn. muzeyi, milliy kutubxona faoliyat yuritadi.

Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. Qatarda bir qancha gaz. va jur. nashr etiladi. Yiriklari: «alArab» («Arabcha», arab tilidagi kundalik gaz., 1957-yildan), «Asuak alXolij» («Koʻrfaz bozorlari», arab tilidagi oylik jur., 1980-yildan), «alVatan» («Vatan», arab tilidagi kundalik gaz., 1995-yildan), «Galf tayms» («Koʻrfaz vaqti», ingliz tilidagi kundalik va haftalik gaz., 1978-yildan), «arRayya» («Bayroq», arab tilidagi kundalik gaz., 1978-yildan), «ashSharq» («Sharq», arab tilidagi kundalik gaz., 1985-yildan). Qatar axborot agentligi hukumat agentligi boʻlib, 1975-yil tuzilgan. «Katar brodkasting servis» hukumat xizmati 1968-yil, «Katar televiji servis» telekoʻrsatuv xizmati 1970-yil tashkil etilgan. Qatarda «alJazira» mustaqil arab yoʻldosh telekanali (1996-yil asos solingan) qarorgohi joylashgan.


Lotin alifbosida maqola: QATAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Q harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ERON
POKISTON
YAPONIYA
HINDISTON
TOSHKENT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты