PIRIT

PIRIT (yun. pyrites lithos — uchqun be-ruvchi tosh) , oltingugurt kolchedani, temir kolchedani — mineral. Kimyoviy tarkibi FeS2 (46% Fe, 53,4% S); Co, Ni, As, Cu, Ai, Se va b. aralashmalari boʻladi. Kub, pentagon-dodekaedr, baʼzida oktaedr kristallar hosil qilib, kub singoniyada kristallanadi. Zich donador massalar, sharsimon konkretsiyalar shaklida kup uchraydi. Och, sargʻishqoʻngʻir rangli, metallsimon yaltiroq. Qattiqligi 6—6,5; zichligi 4900—5200 kg/m3. P. gidrotermal konlarda, kolchedanli qatlamlarda keng tarqalgan. Pirit sulfat kislotasi, oltingugurt va temir kuporosi uchun xom ashyo xisoblanadi. RF (Ural, Ol-toy), Kozogʻiston, Norvegiya, Ispaniya, Italiya, Kipr, AQSH, Kanada va Yaponiyada Pirit konlari topilgan.


Lotin alifbosida maqola: PIRIT haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: P harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ITALIYA
KANADA
MINERAL
YAPONIYA
TEMIR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты