QON AYLANISHI

QON AYLANISHI — yurak qisqarishi tufayli qonning qon oʻtkazish sistemasida harakatlanishi. Qon aylanishi organizm toʻqimalari bilan tashqi muhit orasidagi moddalar almashinuvi va gomeostaz turgʻunligini taʼminlaydi. Qon toʻqimaga kislorod, suv, oqsil, uglevodlar, yogʻ, mineral moddalar, vitaminlar va b. olib keladi va toʻqimadan karbonat angidrid hamda moddalar almashinuvida paydo boʻlgan boshqa chiqindi moddalarni olib ketadi. Termoregulyatsiya va gumoral regulyatsiyaii amalga oshiradi. Immunitetning muhim omilidir. Qon aylanishini 1628-y. ingliz vrachi U. Garvey kashf qilgan.

Koʻpchilik umurtqasiz hayvonlarda ochiq Qon aylanishi doirasi mavjud (gemolimfa gavda muskullari yoki tomirlar qisqarishi tufayli harakatlanadi). Odam va ayrim yuqori darajada rivojlangan umurtqasizlarda Qon aylanishi doirasi yopiq boʻladi. Suvda va quruqlikda yashovchilar, sudralib yuruvchilar, sut emizuvchilar va qushlarda Qon aylanishi doirasi 2 ta. Odam. shu jumladan, sut emizuvchilar va qushlarda Qon aylanishi sxemasi bir xil. Yurak chap qorinchasidan chiqib, toʻqimalar orqali oʻng boʻlmachaga kelgan tomirlar sistemasi katta, oʻng qorinchadan chiqib, oʻpka orqali chap boʻlmachaga kelgani kichik qon aylanish doirasini tashkil etadi. Chap boʻlmachadan qon chap qorinchaga oʻtadi va Qon aylanishi davom etadi. Yurak muskullarining qisqarib-boʻshashishi tufayli qon tomirlarda harakatlanadi. Yurakning bir min. da haydaydigan qon miqdori minutli hajm deyiladi. Odam tinch turganidagi minutli hajm 4—5 l ga teng, emotsional taʼsir holatida esa u 3—4-marta ortadi. Yurak qonni arteriyaga porsiya bilan haydaydi. Qon quyilishi bilan arteriyalar devori kengayadi. Diastolaaa yigʻilgan energiya arteriyalarda qon bosimini maʼlum darajada saqlab, kapillyarlarda uzluksiz qon oqimini taʼminlaydi. Organizmdagi qonning faqat 5% i kapillyarlarda boʻladi, biroq Qon aylanishining asosiy funksiyasi — qon bilan toʻqima orasidagi moddalar almashinuvi shu kapillyarlarda amalga oshadi. Qonning kapil-lyarlardagi gidrostatik bosimi sababli suyuqlik, kapillyardan toʻqimaga filtrlanadi (qon plazmasining onkotik bosimi bu jarayonga toʻsqinlik qiladi). Qon kapillyarlarda qarshilikka uchraydi, buni yengishda u energiya yoʻqotadi va qon bosimi pasayadi. Bu suyuqlikni hujayralararo boʻshliqdan kapillyarlarga oʻtishiga sabab boʻladi. Suyuklikning bir qismi hujayraaro tirqishdan limfatik tomirlarga oqib oʻtadi. Suyuqlik bosimi atm. bosimiga qaraganda (5—10 mm simob ustuniga) kam boʻlgani uchun toʻqimalardan suyuqlik faol haydab turiladi. Toʻqimalardan qon vena qon tomiriga oʻtadi. Skelet muskullarining qisqarib-boʻshashishi va nafas harakatlari qonning tomirlarda uzluksiz oqishiga sharo-it yaratadi. Qon aylanishi reflektor va gumoral taʼsirlar bilan boshqariladi.

Qon aylanishining mahalliy va umumiy buzilishi farqlanadi, uning mahalliy buzilishidan giperemiya, ishemiya, atero-skleroz, tromboz va b. boʻlishi mumkin. Qon aylanishining umumiy buzilishi aʼzo va toʻqimalarga turli sabablarga koʻra yetarli qon bormasligi tufayli yuz beradi.


Lotin alifbosida maqola: QON AYLANISHI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Q harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
General Chernyayevning Toshkentga bosqini
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
YOGʻ
YURAK


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты