QORA KISHMISH

QORA KISHMISH, Shivilgʻoni, Blek manuka — mahalliy ertapishar xoʻraki va mayizbop urugʻsiz uzum navi. Oʻzbekiston va Tojikistonda keng tarqalgan. Sharqiy ekologik-geofafik navlar guruhiga kiradi. Tupi oʻrtacha oʻsadi. Bargi oʻrtacha, toʻgarak, oʻrtacha kertikli. Guli ikki jinsli. Uzum boshi oʻrtacha (boʻyi 18—25 sm, eni 11 — 13 sm), konussimon; shingillari havol. Gʻujumi oʻrtacha tigʻiz, tuxumsimon, uchi toʻmtoq, poʻsti qora; yupqa, eti shirali, karsillaydi. Tarkibida 2 4 – 2 5 % qand bor, nordonligi 4,5 — 5,5%. Hosili 130-145 kunda, iyul oxiri — avg. ning 2-yarmida toʻliq pishadi. Kul, antraknoz, oidium va serkosporozdan zararlanadi. Uzumidan sifatli mayiz tayyorlanadi (25—27% mayiz chiqadi). Oʻzbekistonning hamma viloyatlarida oʻstiriladi.


Lotin alifbosida maqola: QORA KISHMISH haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Q harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
ASKARIY
OQ KISHMISH
Ulug'bek Ismailov - Guli
ROSSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты