QORASOVUQ

QORASOVUQ — havoning oʻrtacha sutkalik t-rasi musbat boʻlgan holda, oʻsimlik qoplami va tuproq usti havo qatlamining 0° va undan ham pasayishi. Bu hodisa yuz berganda barglar sovuq taʼsirida qora tus oladi, shuning uchun bahor va erta kuzda boʻladitan bu sovuqni dehqonlar odatda, qora sovuq deb ataydilar. Qorasovuq xavfi uning boshlanish muddati va davomiyligi, shuningdek, oʻsimlik turi, uning navi, rivojlanish fazasi va agrotexnika sharoitlariga bogʻliq. Dala ekinlari Qorasovuq larga chidamliliga qarab bir necha ekologik guruhlarga boʻlinadi. Qorasovuq toʻgʻrisidagi maʼlumotlar sovuq xavfi boʻlgan hududlarni belgilash, ekish muddatlarini aniqlash, issiqsevar oʻsimliklarni ratsional joylashtirish masalalarini hal qilish, q. x. ekinlarini yetishtirish sharoitlarini agroiqlimiy baholash, sovuqning zarariga qarshi tadbirlarni ishlab chiqish va b. da qoʻllaniladi. Qorasovuq hosilning sifatiga va miqdoriga katta ziyon yetkazadi. Qorasovuqlar sovuq havo massalarining boshqa r-nlardan (koʻpincha Arktikadan) kelishi (advektiv Qorasovuq) yoki tuproq yuzasi va oʻsimlik qoplamining tungi radiatsion sovishi (radiatsion Qorasovuq) natijasida vujudga keladi. Dehqonchilik uchun kech bahorgi Qorasovuq (ayniqsa, tuproq yuzasida) juda xavflidir, chunki bu vaqtda vegetatsiya davri boshlangan boʻlib, bunday sovuqlar oʻsimlik maysalarining qattiq shikastlanishiga olib kelishi mumkin (nihollar 0,5 dan — 1,5°da shikastlanadi, barglar qorayib ketadi). Jan. r-nlarda (40° shim. kenglik janubrogʻida) Qorasovuqlar oʻrtacha olganda mart oyining ikkinchi yarmida tugaydi, shimolga borgan sayin uning tugash muddati kechikadi. Bahorda tuproq yuzasidagi eng kechki Q, asosan, may oyining birinchi yarmida kuzatiladi (Ustyurt, 44° shim. kenglikdan shimolroq-da). Qorasovuqning qaysi muddatlarda yuz berishiga joyning relyefi, tuproq yuzasining xususiyati va b. omillar katta taʼsir koʻrsatadi. Baland joylarda Qorasovuqlar, odatda, kechroq tugaydi. Tuproq yuzasidagi birinchi kuzgi Q. Oʻrta Osiyoning jan. tekislik qismida (40° shim. kenglikkacha) 15 okt. ga qadar kuzatiladi. Shimolga borgan sari Q. ning oʻrtacha yuz berish muddati okt. oyining boshlariga, Ustyurt platosida esa sent. ning oxiriga suriladi. Havodagi Qorasovuq, odatda, tuproq yuzasiga nisbatan bir necha kun kechroq kuzatiladi. Oxirgi bahorgi Qorasovuq bilan birinchi kuzgi Qorasovuq orasidagi davr sovuqsiz davr deb ataladi. Oʻzbekistonda sovuqsiz davrning oʻrtacha koʻp yillik davomiyligi chegaralari juda katta va janubisharqiy qismida eng uzoq davom etadi. Tekisliklarda sovuqsiz davr 150—250, togʻlarda 50—150 kungacha.

Qorasovuq boʻlganda ekin maydonlarini isitish uchun turli usullar (tutatish, ekinlarni qogʻoz, plyonka va b. materi-allar bilan yopish) qoʻllaniladi. Sugorma dehqonchilik mintaqalarida ekinlarni kech bahorgi va erta kuzgi vaqtinchalik Qorasovuqdan saqlash uchun dalalar sugʻoriladi. Qorasovuq zararini bartaraf etishda sovuqsiz davr qisqa boʻlgan hududlarda ertapishar navlarni ekish, sovuqqa chidamli navlarni yaratish. shuningdek, agrotexnika tadbirlarini oʻz vaktida oʻtkazish muhim ahamiyatga ega. Hamidulla Abdullayev.


Lotin alifbosida maqola: QORASOVUQ haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Q harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



General Chernyayevning Toshkentga bosqini
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
O'zbekistonning urush girdobiga tortilishi
O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
YER


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты