QORAQALPOQ TEATRI, Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat musiqali teatri — Qora-qalpogʻistonning koʻhna teatrlaridan. 1926-y. «Tong nuri» truppasi asosida tashkil boʻlgan. Tashkshyutchilari Zarip qosimov, Abdiramon Oʻtepov, Qosim Avezov va Asan Begimovlar. Birinchi badiiy rahbari — Zarip Qosimov. A. Oʻte-pov, J. Oymurzayev, G. Ubaydullayev, M. Matjonov, B. Seitov, J. Seitova, T. Seytmamutovlar teatrning dastlabki ijodkorlaridir. Teatr «Tilak yoʻlida» (Q. Avezov) spektakli bilan ochilgan. Teatr faoliyatini «Odeko-lon», «Ana xolos», «Tengini topgan qiz», «Saidmurod yalqov», «Koʻz boʻya-machi vakil», «Bu kim» kabi spektakllar bilan boshladi. 1930-y. «Qoraqalpoq davlat teatri» maqomi beriladi. 1934-y. Moskva davlat teatr sanʼati in-ti qoshida Qoraqalpoq studiyasi ochiladi. 1939-y. teatrga shu in-tni tugatib kelgan 27 aktyor va rej. lar kelib qoʻshiladi. Bularning orasida Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻiston xalq artistlari Yoʻldosh Sharipov. Turesh Ollanaza-rov, Xolmurod Saparov, Yoʻldosh mamutov, Sabirbay Oʻtepbergenov, Madraim Matjonov, Yoqut Ollamurodo-valar bor edi. Teatr hayotida yangi davr boshlanadi. 1939-y. teatrga K. S. Stanislavskiy nomi berildi va teatr «Stanislavskiy nomidagi Qoraqalpoq davlat musiqali drama va kome-diya teatri» deb yuritila boshladi. «Vassa Jeleznova» (M. Gorkiy), «Maysaraning ishi» (Hamza), «Kam-bagʻallik ayb emas» (A. Ostrovskiy), «Skapenning nayranglari» (Molyer), «Alpomish» (N. Dovqorayev), «Rus kishilari» (K. Simonov) va b. spek-takllar milliy rejissura va aktyorlik sanʼati balogʻatga yetganligini namoyon qildi.
1941—45 y. lar teatr jamoasi oʻz repertuarini milliy va qardosh xalqlar dramaturgiyasi namunalari bilan boyitdi. «Leytenant Elmurotov» (J. Oymurzayev), «Qurbon Umarov» (S. Abdulla, Chustiy), «Oftobxon» (K. Yashin), «Tohir va Zuhra» (S. Abdulla; T. Jalilov musiqasi), «Besh soʻmlik kelin» (Urdubodu) kabi musiqali drama va publitsistik yoʻnalishdagi sahna asarlari shular jumlasidan. 1950-y. teatr Toshkent teatr va rassomlik sanʼati intini tuga-tib kelgan yosh mutaxassislar bilan toʻldirildi. Rej. lik boʻlimini tuga-tib kelgan T. Ollanazarov birinchi qoraqalpoq professional rej. i boʻldi.
Urushdan keyingi yillarda teatrda O. Shomurotova, Japas baxshi Shomurotov, B. Kamenev, A. Hashimov, G. Sheroziyeva, T. Rahmonova, R. Sei-tov, S. Xoʻjaniyozov, G. Doshumov, Z. Zaripov. S. Oʻtepbergenov, T. Jo-limbetova, S. Yusupova, S. Qoraboyeva, Ya. Ollamurotova, X. Saparov, S. Ollamurotova, S. Avezova, O. Davletova, O. Umitqulov va b. faoliyat koʻrsatishgan.
Teatrning keyingi repertuari mavzu va janr jihatidan boyidi. Zamonaviy, tarixiy mavzularda, milliy dramaturgiya, oʻzbek va qozoq dramaturgiyasi namunalari hamda Gʻarbiy Yevropa dramaturgiyasining mumtoz asarlari sahnalashtirildi: «Oygul va Obot» (J. Oy-murzayev), «Suymaganga suykanma» (S. Xoʻjaniyozov), «Oltin koʻl» (Uygʻun; M. Leviyev musiqasi), «Shohi soʻzana» (A. Qahhor), «Oshiq Gʻarib» (Begimov, T. Ollanazarov), «Tartyuf» (J. Molyer), «Oʻgʻirlangan baxt» (I. Franko), «Yurak sirlari» (B. Rahmonov), «Koʻz Koʻrpesh Bayan sulu» (G. Musrepov) va b. «Berdaq», «Qadrdon doktor», «Sheberxonning chirmovigʻi» (J. Oymurzayev), «Talu-as», «Ziyoda». «Baxt» (S. Xoʻjaniyozov), «Toshbolta oshiq» (H. Gʻulom), «Togʻa-jiyanlar» (R. Bobo-jon), «Shubha» (Uygʻun), «Prokuror» (Yo. Shuku-rov) kabilar 50—60-y. larning eng yaxshi spektakllari boʻldi.
60-y. larning oxirrogʻiga kelib teatrda avlodlar almashuvi natijasida turgʻunlik davri boshlandi. 70-y. lar yoshlar hisobiga teatr yana oʻz mavqeini tiklab oldi. Teatrga kelgan Quatbay Abdreimov, najimatdin Ansatboyev, Dosbergen Ranov, Rayhon Saparova, Jolgas Sultaboyev, Bayram Matjonov va b. qoraqalpoq teatr sanʼatini yangi gʻoyalar va yechimlar, obraz va mavzular bilan boyitdilar. «Otello» (U. Shekspir), «Tartyuf» (J. Molyer), «Ikki boyga bir malay» (K. Gol-doni), «Ona yer, ona» (CHAytmatov), «Revizor» (N. Gogol), «Oy tutilgan tunda» (M. Karim), «Oʻn uchinchi rais» (A. Abdullin), «Tobutdan tovush» (A. Qahhor), «Arizasiga koʻra» (Oʻ. Umarbekov), «Andermushlik Atmandar» (T. Minullin), «Xonuma» (Sagareli) kabi spektakllar qoʻyildi. 1987-y. teatr jamoasi I. Yusu-pov librettosiga N. Muhameddinov musiqasi bilan birinchi qoraqalpoq operasi («Ajiniyoz»)ni sahnalashtirdi. 1991-y. teatrga Berdaq nomi berildi. Keyinchalik «Maysaraning ishi», «Aleko» operalari, 1996-y. birinchi qoraqalpoq baleti («Oyjamol») sahnaga qoʻyildi.
Mustaqillik gʻoyalari bilan sugʻorilgan, yangi zamon qahramoni, tarixiy shaxslarimiz siymosi gavdalangan, mehr-muruvvat mavzusi, Vatanga muhabbat va b. mavzular aks etgan asarlar keyingi yillar teatr sahnasidan mustahkam oʻrin oldi: «Sohib-qiron» (A. Oripov), «Adolatga xiyo-nat» (S. Xoʻjaniyozov), «Ernazar Olakoʻz» (A. Utaliyev). «Injiqning muhabbati», «Yovvoyi gullar» (K. Rahmonov), «Sharyar», «Kechikkan muhabbat» (K. Matmurotov), «Tirsek» va b.
Sh. Utemuratov, M. Sapayeva, Z. Piyozov, T. Qayipnazarova, O. Qosimbetov, B. Uzoqberganov, M. Xalmuratova, Z. Sayipova, J. Sultaboyev, B. Nazarimbetov, J. Sagʻindiqova, R. Kute-keyeva, E. Aytniyozova, M. Ismaylo-va, S. Davletova, QQalandarov va b. teatrning yetakchi aktyorlaridir. Teatrning badiiy rahbari va direktori Najimatdin Ansatboyev, bosh rej. i — Quatbay Abdreimov.
Teshaboy Bayandiyev.