RANG-TASVIR

RANG-TASVIR — tasviriy sanʼat turi; biror qattiq yuzada rangli ashyolarda, Mas, boʻyoqlar yordamida yaratiladigan badiiy asar. R. voqelikni badiiy tasvirlash va talqin qilish; tomoshabin fikri va tuygʻulariga taʼsir etishning muhim vositasi; muhim ijtimoiy mazmun va rang-barang gʻoyaviy vazifalarga ega. Rang-tasvir asarining goyaviy mazmuni uning mavzu va syujetida mujassamlashadi, syujetni rassom R. ning ifoda vositalari (kompozitsiya, racm, rang, ritm va h. k.) orqali roʻyobga chiqaradi. P. acaplari asos (maxsus ishlov berilgan mato, yogʻoch, qogʻoz, karton, shisha, metall va h. k.), rang qatlami (moyboʻyoq, guash, tempera, akvarel, rangli shisha, rangli tosh va h. k.), ayrim hollarda uni saqlash uchun ustidan berilgan yupqa lok qatlamidan iborat boʻladi. Rang-tasvirning muhim tasviriy va taʼsir vositasi — rang (kolorit). Rang orqali rassom borliq yoki xayoliy dunyoni koʻrinarli shakllarda tasvirlaydi, makonning cheksizligini, undagi narsalarning rang-barangligini, moddiyligini hajm va fakturasini koʻrsatishi, harakat, inson ruhiyatidagi oʻzgarishlar, murakkab hissiy kechinmalar, oʻyxayollarni aks ettirishi mumkin. Rang-tasvirning tasviriy ifoda vositasi va ishlash uslubi ishlatiladigan rang, qurollar xususiyati, rang eritgichlari, asosi (funt)ga bogʻliq (Mas, yuzasi silliq yoki gʻadirbudir berilishiga qarab asar koʻrinishi turlicha taʼsir koʻrsatishi mumkin). Asar dastlab ijodkor tasavvuri va ongida paydo boʻlgan gʻoya qoralamasi tarzida kalam yoki koʻmirqalamda biror yuza (koʻpincha qogʻoz va karton)da ishlab olinadi. Soʻng shunga mos asos tanlanib, unga bajariladigan ishning mohiyatiga koʻra ishlov beriladi. Shundan soʻng tasvir oʻrni belgilab rasmi ishlanadi. Rang berishda esa asta suyultirilgan rang bilan boshlab koʻp qatlamli (lessirovka) yoki kerak rangni bir qoʻyishda bir katlamli (alla prima) bajarish mumkin. Rang-tasvir asarlari ishlanishini shartli ikki — yassi va hajmli — fazoviy uslubga ajratish mumkin: birinchi uslubda tasvir nursoyasiz yaxlit yassi shakllarda ishlanadi, hajmlifazoviy usudda esa tasvir hajmli nursoya yordamida muhit bilan bogʻliq hodda tasvirlanadi. Bunday asarlar rangga boy boʻlib, unda ranglarning barcha tuslanishlarini his etish, tushuvchi nurning qaytgan rangini ham, qaytgan nurlarning tuslanishi va boshqa ranglar bilan boyishi (refleks)ni koʻrish mumkin. Rang-tasvir asarlarida bu ikki uslub orasida qatiy chegara yoʻq, biri ikkinchisini toʻddiradi. Rang-tasvir asarlari oʻzining ishlanish oʻrni, mazmuni, bajaradigan vazifasi, ishlanish uslubi va koʻrinishiga qarab monumental (monumental sanat, monumental rangtasvir), bezak (bezak sanʼati, bezash sanʼati), dastgoh sanʼati, dekoratsiya (teatr va kino dekoratsiyasi), miniatyura va b. ga boʻlinadi. Tasvir mavzui va mazmun yoʻnalishiga qarab bir qator janrlarga ajraladi: animalistika, tarixiy janr, maishiy janr, batalʼ janri, portret, manzara, natyurmort va b.

Rang-tasvir qadimda soʻnggi paleolit (mil. av. 40 — 8ming yilliklar)da paydo boʻlgan. Jan. Fransiya (Fon de Gom, Lasko), Shim. Ispaniya (Altamira), Oʻrta Osiyo va b. da Rang-tasvir asarlari saqlanib qolgan; soz tuproqli boʻyoqlar, qorakuya, pista kumir b-n ishlangan, rasmlar tekis sharpa sifat (siluet), baʼzilarida esa hajmli kilib ishlashga harakat qilinganligi seziladi, mezolit va neolit davrida bajarilgan ibtidoiy rasmlarda murakkab kompozitsiyalar, abstrakt tushunchalar paydo boʻla boshlagan. Quddorlik davrida rivojlangan texnik vositalarga boy obrazlar tizimi shakllandi. Qad. Sharq mamlakatlari (Misr, Hindiston, Oʻrta Osiyo), jan. sharqiy Yevropa (Yunoniston, Italiya), shuningdek, Amerika qitʼasi (Markaziy Amerika)da monumental Rang-tasvir rivojlandi. Maqbara ibodatxona, saroy va boy zodagonlarning uylari devorlariga turli mavzu va yoʻnalishda asarlar ishlandi.

Antik davrda meʼmorlik va haykaltaroshlik bilan uygʻunlashgan Rang-tasvir diniy mazmun bilan bir qatorda oliy tavaqa maqsadlarita tavmat qildi, nursoya, chiziq va havo perspektivasi yuzaga keldi, maishiy va tarixiy lavhalar, manzara, portret, natyurmortlar yaratildi. Mil. av. 5-a. da Yunonistonda mum rassomligi (enkaustika)dagi dastgoh rassomligi haqida fayyum portretlari tasavvur beradi. Oʻrta asrlarda Sharq mamlakatlarida monumental Rang-tasvir sanʼati oʻzining haqiqiy gullashdavrini boshidan kechirdi. Hindiston (Ajanta), Oʻrta Osiyo (Tuproqqalʼa, Varaxsha, Afrosiyob, Bolaliktepa) va b. da nozik boʻyoqlar, nafis bezak ritmi, hayotiy kuzatishlarning yorqinligi xos boʻlgan miniatyura sanʼati rivojlandi, Xitoy, Yaponiya, Koreyada shoyi va qogʻozga tush, akvarel va guash boʻyogʻida racm ishlash sohasida yuqori choʻqqilarga erishidsi. Uygʻonish davrida Rang-tasvirning yangi qirralari yuzaga keldi, ilmiy asosga tayangan realistik sanʼat kamol topdi va jahon sanʼati rivojida muhim oʻrinni egalladi: ifoda tizimi hamda uning ilmiy asosi yaratildi. Perspektiva, optika, plastik anatomiya borasida yutuqlarga erishildi, monumental Rang-tasvir yuksak choʻqqisiga koʻtarildi, gʻoyaviy boyidi, dastgoh Rang-tasvir ijtimoiy hayotga keng koʻlamda kirib bordi. Texnikada suv boʻyoq oʻrnini moyboʻyoq egallay boshladi, lessirovka, valyor uslubiga qiziqish ortdi, lok—moyboʻyoq texnikasi murakkablashdi, koʻp qatlamli Rang-tasvir rivojlandi. Faktura masalalarida ham izlanishlar olib borildi, oq qoplamli (grunt) asosga silliq rangli qoplama asosga quyuq rang surtmalari (pastoz uslubi) bilan ishlashga eʼtibor ortdi. 17—18-a. larda Yevropa (Fransiya, Italiya, Ispaniya, Flandriya, Gollandiya, Buyuk Britaniya, Rossiya va b.)da milliy Rang-tasvir maktablari shakllandi, hayotni haqqoniy inqilobiy taraqqiyotda aks ettirish, inson ruhiy olamidagi nozik oʻzgarishlarni, inson va jamiyat muammolarini ishonarli talqin etish muhim oʻrinni egalladi. Rang-tasvir janrlari kengaydi, monumental Rang-tasvir bilan dastgoh sanʼati keng rivoj topdi, uslubiy yoʻnalishlari koʻpaydi, tonal Rang-tasvir yanada mukammallashdi. Pastel, akvarelga qiziqish ortdi. Yevropa sanʼati (ayniqsa, dastgoh Rang-tasvir)ning jahon xalqlari, jumladan, Sharq mamlakatlari sanʼatiga taʼsiri sezilarli boʻldi. 19-a. da Rang-tasvir dunyoqarash bilan bogʻliq dolzarb masalalarni hal etishga harakat qilib ijtimoiy hayotda muhim urinni egalladi, ijtimoiy hayotdagi mavjud illatlar oʻtkir tanqid ostiga olindi, 19-a. mobaynida akademizmga asoslangan xayotdan uzok,, ideallashtirilgan obraz va qahramonlarni targʻib qiluvchi asarlar maqtaldi, naturalizm anʼanalari shakllandi. Quruq, hayotdan uzoq soʻnggi klassitsizm va salon akademizmiga qarshi kurashda davrning murakkab, fojiali voqealariga bagishlangan shijoatli, taʼsirchan, nursoya nisbatlari keskin olingan, toʻyingan, rangdor koloritli romantizm uslubi paydo boʻlib rivojlandi (Fransiyada — P. Jeriko, E. Delakrua; Germaniyada — F. O. Runge, K. D. Fridrix, Rossiyada O. A. Kiprenskiy, K. P. Bryullov va b.), hayotni oʻziga oʻxshatib ishlash uslubiga asoslangan realistik Rang-tasvir bu davrda yanada chuqurlashdi. Endilikda tasvirni na faqat haqqoniy boʻlishiga, balki hayotni kuzatish asosida paydo boʻlgan kechinma va taassurotlarni, xayol va oʻylarni ham ifodalashga harakat kuchaydi. Borliqning oʻzidan kartina yaratish, nur, havo, kenglik ranglar tuslanishi va birbirining rangiga taʼsir etish xususiyatlarini ham ishonarli ranglarda tasvirlashga intilish kengayib bordi (Angliyada — J. Konstebl, Fransiyada — K. Koro, O. Domye, Rossiyada — A. G. Venetsianov va b.). Yevropada inqilob va milliy ozodlik harakati kuchaygan davrda demokratik realizm rivojlandi, xalqhayoti, ularning kurashlari koʻrsatildi, milliy tarix va zamonaning muhim voqealarini aks ettiruvchi kompozitsiyalar, jamiyatning jasur va ilgʻor kishilarining siymolari yaratildi. Rus inqilobiy demokratik estetikasi bilan bogʻliq ijtimoiy tankdsiy realizm rivojlandi. Peredvijniklar va ularga yaqin ijodkorlar (V. Perov, I. Kramskoy, I. Repin, V. Surikov va b.) shu jarayonda faol oʻrinni egalladilar. 19-a. 70-y. laridan rassomlar palitrasi toza spektr ranglari bilan boyidi; rassomlar ochiq havoda racm ishlashni odat qila boshladilar. Bu borada impressionist rassomlar (K. Mone, K. Pissaro, A. Sisley va b.) alohida oʻrinni egalladilar. Ular Rang-tasvir yuzasini tashkil etishda oʻziga xos yoʻl tutib anʼanaviy silliq fakturadan va shakllarning tugal chizikli yechimidan voz kechish, ishlash uslubini yangilanishiga, toza spektr ranglarning erkin surtmalaridan foydalanib asar yaratishga erishdilar. Bu harakat keyinroq haykaltaroshlik, grafika, meʼmorlik, musiqa, adabiyot va b. sanʼat turlariga nisbatan ham qoʻllanila boshlandi (q. Impressionizm). 19-a. da moyboʻyoq Rang-tasviri yetakchi oʻrinni egalladi, bunga uning texnikasi, shu davrda sanoatda ishlab chiqarilayotgan yangi boʻyoqlarning keng koʻlamda hayotga kirib kelishibnbogʻliqedi. 19-a. R. ningelim va moyboʻyoq bilan asar yaratish usuli inqirozga tusha boshladi. 19-a. oxiri — 20-a. boshlarida shu sanʼatni qayta tiklash harakati boshlandi, uning yangi qirralari ochila boshlandi, sanʼatning bezak tomoniga eʼtibor ortdi; meʼmorlik, tasviriy va amaliy sanʼatlar uygʻunligida yagona majmua yaratish ishtiyoqi shu davrda paydo boʻlgan modern uslubida namoyon boʻldi. Bu davrda avangard yoʻnalishi realistik Rang-tasvirga kuchli raqobatda boʻldi.

Sharq va Gʻarb toʻqnashuvi natijasida 20-a. R. i shakllandi, realistik sanʼatga raqobatda avangard sanʼati rivojlanib bormoqda. Bu yoʻnalish tarafdorlari ijodkor subyektiv kechinmalari, histuygʻularini hayotiy, borliq shakllarida tasvirlashdan koʻra oʻzlarining xayollaridagi shakl va koʻrinishlar, harakatlari natijasida paydo boʻlgan shakl va chizikdarni tasvirlashni maʼqul koʻradilar.

Avangard oqimlarining rivojlanishi natijasida borliqni tasvirlashdan umuman voz kechilib tasvir vositalari ham oʻzgara boshladi (abstrakt sanʼat). 20-a. 60-y. lar oʻrtalaridan esa ayrim Yevropa va Amerika Rang-tasvir ida avangard sanʼati — popartnpng unsuriga aylanib bordi. Bugungi kunda ushbu raqobat rivojlanib avangard tarafdorlari ortib bormokda.

Oʻzbekistonda Rang-tasvir sanʼati qadimdan mavjud boʻlgan. Uning ilk namunalari ibtidoiy jamoa davriga borib taqaladi (q. Ibtidoiy sanʼat, Zarautsoy rasmlari). Mil. av. 1ming yillikning oxiri va mil. 1ming yillik boshlarida Rang-tasvir oʻzining gullagan davrini boshidan kechirgan (Afrosiyob, Varaxsha, Bolaliktepa, Tuproqqalʼa va b. dagi devoriy rasmlar). Bu davrlar Rang-tasviri yassi bezak yoʻnalishida mahalliy (lokal) ranglarda bajarilgan. Amir Temur va Temuriylar davrida monumental Rang-tasvir (devoriy rassomlik, mozaika) bilan birga miniatyura sanʼati rivojlangan. Kamoliddin Behzod, Mahmud Muzahqib, Muhammad Murod Samarqandiy va b. ning asarlari dunyoga keldi. 19-a. oʻrtalaridan boshlab Turkistonda dastgoh sanʼati shakllana boshladi va 20-a. da oʻzbek milliy Rang-tasvir maktabi yaratildi. Rang-tasvirning hamma tur va janrlarida asarlar yaratildi, miniatyura, vitraj sanʼati qayta tiklandi. Bugungi kunda oʻzbek Rang-tasvir sanʼati jahrn hamjamiyati b-n bir qatorda rivojlanmoqda, uning gʻoyaviy plastik rivoji ustida rassomlar izlanmoqda, mehnat qilmoqda.

Ad.: Taktash Rang-Tasvir, Izobrazitelnoye iskusstvo Uzbekistana, T., 1972; Iskusstvo Sovetskogo Uzbekistana, M., 1976.

Nemat Abdullayev.


Lotin alifbosida maqola: RANG-TASVIR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: R harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



AMALIY SANʼAT
TASVIRIY SANʼAT
SHISHA
RITM
ROSSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты