SAYLOV TIZIMI

SAYLOV TIZIMI — saylov oʻtkazish tartiblarining hamda ularni oʻrnatuvchi xuquqiy normalarning majmui. St. davlat vakillik organlarini shakllantirish yuzasidan mavjud bulgan va fuqarolarni saylovga jalb etish, saylovlarni tashkil qilish va deputatning saylovchilar bilan uzaro munosabatlarini belgilaydigan tartibini, fuqarolarning barcha saylov huquqlarini oʻz ichiga oladi (q. Saylov huquqi). Jahon mamlakatlarining davlat qurilishi tajribasida Saylov tizimining majoritar, proporsional va aralash turlari qoʻllaniladi. Majoritar saylov tizimi deganda (frans. majorite — kupchilik suzidan) vakillik organlariga saylovlarda ovoz berish natijasini aniklash tushuniladi. Unda qonun bilan belgilangan kup ovozni olgan nomzod (yoki nomzodlar roʻyxati) muayyan okrug boʻyicha saylangan hisoblanadi. Hoz. zamon konstitutsiyaviy huquqida nisbatan, mutlaq va malakali kupchilik ovoziga asoslangan majoritar saylov tizimlari qoʻllaniladi. Mac, AQSH, Buyuk Britaniya, Hindiston, Meksika va b. da. Mutlaq koʻpchilik ovoziga asoslangan majoritar tizimda berilgan va haqiqiy deb topilgan ovozlarning umumiy sonidan mutlaq (yoki oddiy) kup ovoz (yaʼni 50% +1 ta ovoz) olgan nomzod saylangan hisoblanadi. Agar nomzodlardan birontasi ham yetarlicha ovoz olmasa, kayta ovoz berish utkaziladi, bunda nomzodlar ruyxatida nisbatan kup ovoz olgan 2 ta nomzod qoldiriladi. Baʼzan qayta ovoz berish urniga 2-tur ovoz berish utkaziladi, buning natijalari boshkacha tizim buyicha aniklanadi (mas, Fransiyada Milliy majlis—parlamentga saylovlarda mutlaq kupchilik ovoziga asoslangan majoritar tizim, 2-tur ovoz berishda esa nisbatan kupchilikning ovoziga asoslangan majoritar tizim qullaniladi). Nisbatan kupchilik ovoziga asoslangan majoritar tizim eng sodda tizim boʻlib, bunda nomzodlar orasidan uz raqiblarining har biriga nisbatan kup ovoz olgani saylangan xisoblanadi. Bu tizimda kupincha saylovchilarning qullabquvvatlashiga ega boʻlmagan partiya parlamentda koʻp uringa ega bulishi mumkin. AQSH, Buyuk Britaniya va b. bir kancha davlatlarda majoritar tizimning ana shunday shakli qoʻllaniladi. Shuningdek, majoritar tizimning kamdankam hollarda qoʻllaniladigan yana bir turimalakali kupchilik ovoziga (umumiy ovozlarning 2/3, 3/4 kismiga) asoslangan majoritar tizim ham mavjud (mas, Chilida parlamentning quyi palatasi — Deputatlar palatasiga saylovlarda shunday tizim qoʻllaniladi). Biroq, bunda faqat juda oz nomzodlar saylovchilarning 65% ovozini olishi mumkin bulganligi uchun, mandatlar, odatda, vakillikning proporsional tizimi buyicha taqsimlanadi. Har bir saylov okrugidan saylanadigan deputatlarning soniga qarab bir mandatli yoki kup mandatli majoritar saylov tizimlari bulishi mumkin. Bir mandatli majoritar tizimda bir okrugdan bir deputat saylanadi. Koʻp mandatam majoritar tizimda bir okrugdan bir necha deputat saylanadi.

Proporsional St. ovoz berish natijalarini aniklashning birmuncha murakkab tartibi boʻlib, bunda mandatlar oʻz nomzodlarini vakillik organlariga qoʻygan siyosiy partiyalar va b. ommaviy harakatlar oʻrtasida ular tomonidan olgan ovozlarning soniga mos ravishda taqsimlanadi. Proporsional Saylov tizimida kattakatta saylov okruglari tuzilib, ularda har bir partiya oʻz vakillarining roʻyxatini ilgari suradi, saylovchilar esa tegishli partiyalar yoki ommaviy harakatlar tomonidan koʻrsatilgan vakillarning ruyxati uchun ovoz beradi. Ovoz berish natijalarini aniklash uchun saylov mezoni (yoki kvota), yaʼni bir deputatlik mandatini olish uchun zarur boʻlgan ovozlar mikdori (odatda, kamida 4—5% qilib) oʻrnatiladi. Bunda, shartga koʻra, muayyan jamoat birlashmalarining nomzodlari ana shu belgilangan ovozlarni olgandan keyingina mandatlarni taqsimlashda qatnashadi. Avvalo saylovchilar bergan ovozlar mikdori deputatlik oʻrinlarining soniga boʻlinadi. Shunda bitta mandat doirasidagi ovozlar soni maʼlum boʻladi. Keyin har bir partiya olgan ovozlar alohidaalohida hisoblab chiqiladi. Bu miqdor deputatning bir mandati uchun zarur boʻlgan ovozlar mikdoriga boʻlinadi. Shunda mazkur siyosiy partiya yoki ommaviy harakatga berilgan deputatlik oʻrinlari soni kelib chiqadi. Bunday tizimda saylovchi amalda nomzod uchun emas, balki siyosiy partiya uchun ovoz beradi. Saylovchilarning ovozi belgilangan meʼyor doirasida va mutanosib ravishda deputatlar mandatlari sonini keltirib chiqaradi. Bu oʻrinlar partiya rahbar organlari tomonidan partiyaviy roʻyxatning bosh qismidan joy olgan nomzodlarga beriladi. Proporsional St. Isroil, Vengriya, Avstriya, Daniya, Ispaniya, Polsha va b. mamlakatlarda mavjud.

Aral a sh St. oʻzida ham majoritar, ham proporsional saylov tizimlari elementlarini mujassam etadi. Mas, Germaniyada Bundestagga saylovlarda aralash tizim qoʻllaniladi. Uning deputatlarining yarmi butun mamlakat hududini qamrab olgan bir mandatli saylov okruglarida nisbatan koʻpchilik ovoziga asoslangan majoritar tizim boʻyicha, 2-yarmi esa, koʻp mandatli saylov okruglari hisoblangan german yerlari (federatsiya subyektlari)da siyosiy partiyalar tomonidan ilgari surilgan nomzodlar roʻyxati asosida proporsional tizim boʻyicha saylanadi.

Aralash saylov tizimi Bolgariya, Gruziya, Litva, Italiya va b. mamlakatlarda ham qoʻllaniladi.

Oʻzbekiston Respublikasining St. mamlakat Konstitutsiyasi va saylov toʻgʻrisidagi tegishli qonunlar bilan tartibga solinadi. Ularga binoan, Uzbekistonda majoritar St. qoʻllaniladi. Mac, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzod saylov okrugi buyicha ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilarning yarmidan kupining ovozini olishi kerak. Agar saylovchilarning roʻyxatiga kiritilgan saylovchilarning yarmidan kami saylovda ishtirok etgan boʻlsa, saylov oʻtmagan deb hisoblanadi. Agar saylov okrugi buyicha 2 tadan ortiq nomzod ovozga qoʻyilgan boʻlsa va ulardan birontasi ham kupchilik ovozini ololmasa, yaʼni deputat bulib saylanmay qrlsa, okrug saylov komissiyasi eng koʻp ovoz olgan 2 nafar nomzodni okrugda takroriy ovozga qoʻyish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi. Bu qaror Markaziy saylov komissiyasiga yuboriladi. Markaziy saylov komissiyasining qarori asosida 2 hafta ichida takroriy ovoz berish oʻtkaziladi.

Haydarali Muhamedov.


Lotin alifbosida maqola: SAYLOV TIZIMI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: S harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



BUYUK BRITANIYA
HINDISTON
MEKSIKA
AMERIKA QOʻSHMA SHTATLARI
FRANSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты