SAK QABILALARI MADANIYATI

SAK QABILALARI MADANIYATI — Osiyoning (jumladan, Oʻrta Osiyoning) dasht, choʻl va togʻ oldi hududlarida yashagan koʻchmanchi aholi madaniyati. Sak tilida yozilgan eng qad. manba — Olmaota atrofidagi Issiq mozorqoʻrgʻonidan topilgan kumush idishdagi yozuv boʻlib, u mil. av. 5-a. bilan sanalanadi. Sak tillarida bitilgan hujjatlarning asosiy qismi Sharqiy Turkistonning Xoʻtan vohasidan topilgan. Ular 7—10-a. larga oid. Bu yozuvlarni oʻrganishda G. V. Beyli, M. J. Drezden, L. G. Gersenberg, I. M. Oranskiylar katta hissa qoʻshganlar. Saklar yodgorliklaridan jez va temirdan ishlangan harbiy qurollar, zebziynat buyumlari, mehnat qurollari va sopol idishlar uchraydi. Saklarning oʻqlari bargsimon, 2 yoki 3 qirrali boʻlgan, xanjar va qilich dastasining boshi yoysimon qayirib qoʻyilgan. Gerodot saklarning yarogʻaslaha va ot anjomlari haqida aniq maʼlumotlar keltiradi. Saklarning ot anjomlari, oʻklari va xanjarlari skif yarogʻaslahalariga oʻxshaydi. Jezdan ishlangan sanʼat buyumlarida ham yaqin xususiyatlar va katta oʻxshashliklar bor. Mustahkam madaniy aloqalar koʻchmanchilarni birbirlari bilan bogʻlab turgan. Shuning uchun ham madaniy anʼanalari va urfodatlari ularning yashash sharoitidan kelib chiqib, birbiridan uncha farq qilmagan (yana q. Skiflar madaniyati).

Bahodir Eshov.


Lotin alifbosida maqola: SAK QABILALARI MADANIYATI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: S harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



O'rta Osiyoning qadimgi aholisi haqida yunon-rim mualliflari
TOSHKENT
O'rta Osiyoning qadimgi aholisi etnik tarkibini mahalliy yozma manbalarda aks etishi
General Chernyayevning Toshkentga bosqini
O'zbekistonning urush girdobiga tortilishi


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты