REAKTIV ARTILLERIYA

REAKTIV ARTILLERIYA — reaktiv snaryad (mina)larni otish uchun moʻljallangan artilleriya turi. Reaktiv dvigatelnpnt tortish kuchi hisobiga snaryadlar moʻljalga yetkaziladi. Dushmanning jonli kuchlari, jangovar texnikasi, yadro hujumi vositalarini shikastlash va mudofaa inshootlarini buzish maqsadida snaryadlarni zalp bilan otish (birdaniga 6, 8, 10, 12, 16, 32 va h. k snaryadni otish) uchun moʻljallangan. Reaktiv snaryadlar va ularni otuvchi qurilmalardan iborat. Snaryad (mina) larning nishonga toʻgʻri borishini stabilizatorlar taʼminlaydi. Har qaysi snaryadda reaktiv dvigatel boʻlgani uchun uni otishda murakkab va katta artilleriya tizimi talab qilinmaydi. Reaktiv artilleriyaning otuvchi qurilmalari tank, bronetransportyor va avtomashinalarga oʻrnatiladi. Reaktiv artilleriya birinchi marta 20-a. 30-y. larida SSSRda yaratilgan, 2-jahon urushida keng qoʻllanilgan.

Reaktiv artilleriyada stvolli va stvolsiz artilleriya tizimlari ishlatiladi. Stvolli tizimda stvollar soni 10—45 ta, snaryad (mina)larni otish uzoqligi 15 — 25 km ni tashkil qiladi. Stvolsiz tizimda tutunsiz poroxli snaryadlar qoʻllanadi. Ana shunday dala Reaktiv artilleriya sining stvolsiz tizimi 2-jahon urushi paytida norasmiy ravishda «Katyusha» deb ataldi (bu quroddan birinchi jangovar zalp 1941-y. 14-iyulda amalga oshirildi). «Katyusha» 2-jahon urushida juda muhim rol oʻynadi. 2jaxrn urushida Reaktiv artilleriya Germaniya armiyasida ham (5, 6 va 10 stvolli minomyotlar), AQSH armiyasida ham (114,3 mm va 182 mm li reaktiv tizimlar) qoʻllanildi. Urugsdan keyin koʻp mamlakatlarning armiyalarida ham Reaktiv artilleriya keng tarqaldi.


Lotin alifbosida maqola: REAKTIV ARTILLERIYA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: R harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



JANGOVAR TARTIB
HARBIY SANʼAT
TANK
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QUROLLI KUCHLARI
SNARYADLAR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты