RENTA SHARTNOMASI

RENTA SHARTNOMASI — fuqarolik-huquqiy shartnomalaridan biri, unga koʻra bir tomon (renta oluvchi) boshqa tomon (renta toʻlovchi)ga mulkni beradi, renta toʻlovchi esa olingan mulk oʻrniga renta oluvchiga muayyan pul mablagʻi shaklida renta toʻlab turish yoki uni taʼminlash uchun boshqa shaklda mablag berish tarzida renta toʻlash majburiyatini oladi. Renta shartnomasi boʻyicha rentani muddatsiz (doimiy renta) yoki renta oluvchining umri davomida (umrbod renta) toʻlash majburiyatini belgilash mumkin. Renta shartnomasi notarial tasdiklanishi, koʻchmas mol-mulkni renta toʻlash sharti b-n boshqa shaxsga berishni nazarda tutuvchi shartnoma esa bundan tashqari davlat roʻyxatidan ham oʻtkazilishi kerak. Renta munosabatlarini tartibga soluvchi huquqiy holatlar Oʻzbekiston Respublikasi FK (32bob)da bayon qilingan.


Lotin alifbosida maqola: RENTA SHARTNOMASI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: R harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



NOTARIAL HARAKATLAR
XUSUSIY MULK
TOSHKENT
MULK
YER


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты