ROʻZIYEV Sobirjon Sobitovich

ROʻZIYEV Sobirjon Sobitovich (1953.15.6, Qirgʻiziston, Moskva tumani) — qilichboz, xizmat koʻrsatgan sportchi (1978). Qilichbozlikning rapira turi boʻyicha 3 karra jahon chempioni (1974, Grenobl; 1979, Melburn; 1981, KlermonFerran), 3-marta jahon kubogi gʻolibi (1974, 1975, 1977, Bonn), 2-marta Jovanini kubogida gʻolib chiqqan (1974, Bolonya; 1979. Venetsiya), olimpiada kumush medali sovrindori (1980, Moskva). R. Oʻzbekiston jismoniy tarbiya in-tini (1975), ToshDUning yuridik f-tini (1986) tugatgan. Qurolli Kuchlar xarbiy xizmatchisi (1974 —92). OʻzR Davlat jismoniy tarbiya va sport qoʻmitasi raisi (1992—95), OʻzR Milliy olimpiada qoʻmitasi prezidenti (1995—2003). Oʻzbekiston qilichbozlik federatsiyasi prezidenti (2003-y. dan). R. Xalqaro Olimpiada qoʻmitasining kumush ordeni (1998), Milliy Olimpiada qoʻmitalari assotsiatsiyasi oltin ordeni (2002) bilan mukofotlangan.


Lotin alifbosida maqola: ROʻZIYEV Sobirjon Sobitovich haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: R harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QUROLLI KUCHLARI
QILICHBOZLIK
QIRGʻIZISTON
SPORT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты