QILICHBOZLIK

QILICHBOZLIK — sport turi, qoida asosida tigʻli sport qurollari — rapira, qilich, shamshir (shpaga) vositasida yakkama-yakka oʻtkaziladigan musobaqa. Sportchilar maxsus toʻrli niqob, himoya vositasi bor oq kiyim va qoʻlqop kiyadi. Berilgan (turtkiukol) larni qayd etish uchun rapira va qilich musobaqasida kiyim, shamshir musobaqasida shamshirning oʻzi elektron tizimga ulanadi. Rapira (uz. 110 sm; ogʻirligi 500 g) musobaqasida kiyilgan metall nimchaga, qilich (105 sm; 500 g) musobaqasida gavdaning beldan yuqori qismiga, shamshir (110 sm; 770 g) musobaqasida gavdaning barcha qismiga turtki beriladi. Musobaqalar eni 2 m, uz. 14 m yoʻlaqda 3 min. dan 3 davra (tanaffus 1 min. dan) 5—15 turtkigacha olib boriladi. Davrada hisob teng boʻlib qolsa, qurʼa tashlanadi va qoʻshimcha belgilangan 1 min. vaqt ichida birinchi turtki bergan sportchi gʻolib sanaladi. Agar tomonlar turtki bera olmasa, gʻolib tashlangan qurʼaga koʻra aniqlanadi.

Qilichbozlik qadimdan kishilik jamiyati turmush tarzining bir qismi boʻlgan, sport turi sifatida esa 15—16-a. lardan Ispaniya va Italiyada shakllana boshlagan. 1517-y. italiyalik A. Marossi Qilichbozlik boʻyicha ilk oʻquv qoʻllanmasini yaratdi. 17-a. oxirlarida Fransiyada Qilichbozlik qoidalari ishlab chiqildi va musobaqalar oʻtkazildi. 1896-y. dan Qilichbozlik olimpiada oʻyinlari dasturiga kiritilgan. 1913-y. da Xalqaro Qilichbozlik federatsiyasi (Gʻ1E) tuzildi, unga 120 davlat (Oʻzbekiston 1992-y. dan) aʼzo (2005). 1937-y. dan Qilichbozlik boʻyicha jahon chempionati oʻtkazib kelinadi. Qilichbozlik AQSH, Vengriya, Germaniya, Italiya, Polsha, Rossiya, Ruminiya, Fransiya, Xitoy kabi davlatlarda keng rivojlangan.

Oʻzbekistonda Qilichbozlik sport turi sifatida 20-a. ning 50-y. laridan ommalashdi. 1954-y. dan Qilichbozlik boʻyicha Oʻzbekiston chempionati oʻtkaziladi. Respublikada Qilichbozlikning rivojlanishida Kseniya tojiyeva, Iosif Markin, Dmitriy Isenko, Poʻlat Abdurazzoqov, Igor Artishkin, Shavkat Turdiqulov kabi murabbiylar katta hissa qoʻshishdi. Sobir Roʻziyev, Aleksandr Paraxin, Vitaliy Logvin, Valeriy Zaxarevich, Svetlana Filimonova, Anisa Petrova, Baxtiyor Gʻaniyev, Dilorom Karimqulova singari qilichbozlar olimpiada oʻyinlari, jahon chempionati va b. nufuzli musobaqalarda sovrindor boʻlishgan. Hoz. kunda Oʻzbekistondagi 13 ta Qilichbozlikka ixtisoslashgan bolalar-oʻsmirlar sport maktabi va toʻgaraklarda 46 nafar murabbiy qoʻl ostida 648 kishi (189 nafari ayol) Qilichbozlik bilan shugʻullanadi (2005).

Ad:. Tishler D. A., Bulochka K. T., Fextovaniye, M., 1967; Abdurasulova G. B., Siddikov M. E., Kniga trenerov po fextovaniyu, T., 1991.


Lotin alifbosida maqola: QILICHBOZLIK haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Q harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



KIYIM
TOSHKENT
SPORT
KURASH
YAPONIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты