SILOS KOMBAYNI

SILOS KOMBAYNI — makkajoʻxori va b. silosbop ekinlar (beda, yosh kungaboqar, oʻt va b.) ni oʻrish, maydalash va transport vositasiga ortish uchun moʻljallangan mashina. Chorva mollari uchun ozuqa — silos tayyorlashda ishlatiladi. Undan senaj, koʻk ozuqa, oʻt uni tayyorlashda ham foydalanish mumkin. Asosan, oʻrish qismi va maydalash apparatlari, maydalangan aralashmani yuklash qurilmasi va harakat uzatish mexanizmidan iborat. Oʻrish qismi 4 xil boʻlishi mumkin: yoppasiga yoki tor katorlab ekilgan baland poyali ekinlarni oʻradigan segmentpichokli; keng qatorlab ekilgan baland poyali ekinlarni oʻradigan oʻzakli; qar qanday ekilgan ekinlarni yoppasiga oʻradigan universal hamda oʻrish va maydalash ishlarini bajaruvchi rotorli. Silos kombaynining oʻrish qismi oʻrgan poyalarni maydalash uchun radialdiskli, barabanli va rotorli apparatlar ishlatiladi. Maydalangan aralashmani transport vositasiga ortish uchun pnevmatik irgʻitgich, elevatorli va kombinatsion transportyorlardan foydalaniladi. Silos kombaynining oʻrish qismida oʻrilgan, maydalash apparatlarida maydalangan aralashma kombayn bilan yonmayon harakatlanayotgan transport vositasiga yuklanadi. Silos kombaynining traktor bilan birga ishlatiladigan tirkama va oʻziyurar (shassili) xillari bor.


Lotin alifbosida maqola: SILOS KOMBAYNI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: S harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



DON YIGʻISH KOMBAYNI
KON KOMBAYNI
SILOS
PAXTA TERISH MASHINALARI
BEDA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты