SILSILA

SILSILA (arab. — zanjir) — ayollar taqinchogʻi; yuzni oʻrab turadigan peshona, chakka va iyak qismlaridan iborat zargarlik buyumi. Peshona qismi quyi qismiga yaproqcha (sharcha)li kalta zanjirlar osilgan 2—3 qatorli mayda hallangan kumush turunjlarning toʻr hosil qilib oʻzaro birikkan zanjirlaridan tuzilgan; chakka qismi uzun zanjirlarga biriktirilgan yaproqcha (yoki uchburchak tumor)lardan, iyak qismi ham bir necha shunday qatorlardan tuzilgan. Silsilaning chakka qismi iyak osti shokilalari b-n birga bosh kiyimga taqilgan.


Lotin alifbosida maqola: SILSILA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: S harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



KIYIM
YER
TOSHKENT
ZARGARLIK SANOATI
OʻZBEKLAR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты