SOLT-LEYK-SITI

SOLT-LEYK-SITI — AQSHning gʻarbiy qismidagi shahar, Jordan daryosi boʻyida, uning Katta Shoʻr koʻlga quyilish yerida joylashgan. Yuta shtatining maʼmuriy markazi. Aholisi 181,7 ming kishi (2000). Transport yoʻllarining yirik tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Togʻli shtatlarning muxim sanoat va savdomoliya markazlaridan. Konchilik va rangli metallurgiya (mis eritish) sanoatlari rivojlangan. AQSHning harbiy raketasozlik markazlaridan. Radioelektronika, xususan, EHM, aloqa vositalari va harbiy maqsadlar uchun turli jihozlar, nazoratoʻlchov priborlari, aviatsiya va avtomobil detallari, tibbiyot asboblari, konchilik va metallurgiya sanoati uchun jihozlar ishlab chiqariladi. Kimyo, neftni qayta ishlash, oziqovqat, poligrafiya sanoati korxonalari, un-t bor. Shaharga 1847-y. da asos solingan. Solt-leyk-sitida 2002-y. da qishki 19-Olimpiada oʻyinlari boʻlib oʻtgan.


Lotin alifbosida maqola: SOLT-LEYK-SITI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: S harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
O'zbekistonning urush girdobiga tortilishi
ROSSIYA
General Chernyayevning Toshkentga bosqini


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты