SHIYPON

SHIYPON — 1) atrofi ochiq, poydevori nisbatan baland yozlik yengil qurilma. Katta hovli, bogʻ, chorbogʻlar ichida quriladi (yana q. Koʻshk);

2) dalada ishlayotganlarning dam olishi va ovqatlanishi uchun maxsus qurilgan yozlik bino; dala Shiypon ekinzorlar (ayniqsa, qovun polizlari), uzumzorlarda bunyod etiladigan chayla, kapa va boshqalar oʻrniga 20asr oʻrtalaridan qurila boshlandi. Shiypon atrofi koʻkalamzorlashtiriladi. Dala mehnatkashlarining dam olishlari, ularning orasida madaniy-maʼrifiy, ommaviy ishlar olib borishda qulayliklar tugʻdiradi. Dala Shiyponi aksari 1 xona va ayvondan iborat boʻlib, keyinchalik 2—3 xona va bir yoki bir necha ayvonli qilib qurila boshlandi. Xalq meʼmorligi anʼanalarida ganch, yogʻoch oʻymakorligi bilan bezatilgan Shiyponlar ham bunyod etiddi.


Lotin alifbosida maqola: SHIYPON haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: SH harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



General Chernyayevning Toshkentga bosqini
XALQ IJODI
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
O'zbekistonning urush girdobiga tortilishi


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты