SOCH OQARISHI

SOCH OQARISHI — soch rangining oʻzgarishi; soch ildizi pigmentining kamayishi yoki yoʻqolishidan kelib chikddi. Asosan, kishi qariganda kuzatiladi; 35—40 yoshlarda bittaikkita soch oqara boshlaydi, baʼzan soch vaktidan ilgari oqarishi ham mumkin. Dastlab chakkadagi, keyinroq borib butun boshdagi soch oqaradi; qosh va kipriklar kechroq oqaradi. Qariganda So. normal fiziologik holatdir. Yoshlikda So. ga nerv va endokrin sistema faoliyatining buzilishi, kamqonlik, vitaminlar yetishmasligi, asabiy holat, oʻta tolikish va b. sabab boʻladi.

Vaqtidan ilgari So. irsiy boʻlib, nayeldannayelga oʻtishi ham mumkin. Oqargan soch dastlabki jilosini yoʻqotadi; uni serjilo qilish maqsadida xina, basma (qora xina) kabi oʻsimlik boʻyoqlari yoki kimyoviy boʻyoklardan foydalanish tavsiya etiladi. Soch boʻyagichlariga ruju qilaverish yaramaydi; buyrak kasalliklari, homiladorlik va bola emizish davrida soch boʻyagichlardan foydalanish tavsiya etilmaydi. Soch boʻyashdan oldin vrach bilan maslahatlashib olgan maʼqul.


Lotin alifbosida maqola: SOCH OQARISHI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: S harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
General Chernyayevning Toshkentga bosqini
YER
VITAMINLAR
GOʻDAK


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты