SOCHPOPUK, chochpopuk — ayollarning soch taqinchogʻi. Uchlari popukchalar bilan tugallanadigan 2—4 (baʼzan 15— 20 va undan ortiq) qalin qora ip, ipak va jundan eshilgan tutamlardan iborat. Tutamlarga turli shakldagi (kubbali silindr, konus) naychalar kdsaladi; kdsamalar Sochpopukda yey kabi joylashadi, qadamalar ostidan popukchalar chiqariladi. Baʼzan qadamalar orasida tumor, bezakli tangalar ham osilgan. Sochpopukning soch oʻrimiga qoʻshib oʻriladigan, mayda oʻrilgan soch oʻrimlariga hamda kiyim (orqa yelka qismi)ga tikib qoʻyiladigan xillari keng tapqalgan. Shuningdek, 20-a. ning oxirlarida qizchalar uchun doʻppita tikib qoʻyiladigan turi ham yuzaga keldi.