SOHIBGARAY I

SOHIBGARAY I (? 1551, Boqchasaroy) — davlat arbobi. Qozon xoni (152124), Qrim xoni (153251). Garaylar sulolasidan. MengliGarayning oʻgʻli. Onasi — Hyp Sulton noʻgʻay. 1521-y. da Sohibgaray I qozonliklar taklifiga koʻra, Qozon xoni boʻlgan. Oʻsha yili ukasi — Qrim xoni Muhammad Garay bilan birgalikda Moskva knyazligiga harbiy yurish qilib, Moskvani egallagan.

Moskva buyuk knyazi Vasiliy III Qrim xoniga har yili oʻlpon toʻlab turish majburiyatini olgan. Biroq, Moskva knyazligi Qozon ustiga harbiy yurish qilishga tayyorgarlik koʻrayotganligi uchun Qozon xonligi bilan Usmonli turk sultonligi oʻrtasida oʻzaro shartnoma tuzilgan. Sohibgaray I oʻz oʻrniga akasining oʻgʻli — 13 yoshli jiyani Safo Garayni qoʻyib, 1524-y. bahorda Istanbulga borgan va sultondan harbiy yordam soʻragan. Sohibgaray I birmuncha muddat Istanbulda turgan. S. G. Qrim xoni boʻlgach (1532), Qozon xonligi bilan oʻzaro ittifoq tuzgan (1533). Oʻziga qarshi chiqqan Islom Garay bilan kurashgan (1532 — 37). Moskva (1541), Quyi Volga (154647) va Shim. Kavkaz (1551)ga xarbiy yurishlar uyushtirgan. Saroy fitnasi natijasida oʻldirilgan.


Lotin alifbosida maqola: SOHIBGARAY I haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: S harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



USMONLI TURK IMPERIYASI
TURKIYA
ISLOM
TOSHKENT
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты