SHIMOLIY-GʻARBIY ChEGARA VILOYATI

SHIMOLIY-GʻARBIY ChEGARA VILOYATI — Pokistonning shim. gʻarbiy qismidagi hududiy birlik. Afgʻoniston bilan chegaradosh. Mayd. 74,5 ming km2. Aholisi 17,5 mln. kishi (1998). Maʼmuriy markazi — Peshovar shahri Relyefi, asosan, togʻli. Shim. da Hindukush tizmalari (eng baland joyi 7690 m, Tirichmir togʻi) va Himolay togʻining gʻarbiy tizmalari joylashgan. Gʻarbiy qismi choʻl landshaftli past togʻlar va platolardan iborat.

Iqtisodiyotida q. x. yetakchi. Asosan, bugʻdoy, sholi, paxta, makkajoʻxori, tamaki va qand lavlagi ekiladi, shuningdek, sabzavot va mevalar yetishtiriladi. Oziqovqat, toʻqimachilik sanoati korxonalari, mexanika ustaxonalari bor. Hunarmandchilik rivojlangan (asosan, kulolchilik va uyroʻzgʻor buyumlari tayyorlash). Toshtuz va ohaktosh qazib olinadi.

Sh. Gʻ. ch. v. 1901-yilda Panjob viloyatining bir qismidan tashkil etilgan. 1947-yildan Pokiston hududi.


Lotin alifbosida maqola: SHIMOLIY-GʻARBIY ChEGARA VILOYATI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: SH harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
POKISTON
O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
O'zbekistonning urush girdobiga tortilishi


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты