SPARTAK

SPARTAK (Spartacus) (? — mil. av. 71) — Qad. Rimda koʻtarilgan qullarning yirik qoʻzgʻoloni [mil. av. 73 (yoxud 74) — 71] rahbari. Frakiyalik shohlar xonadoniga mansub boʻlgan. Rimliklarga asir tushib, qul qilib sotib yuborilgan va Kapuyadagi gladiatorlar maktabiga olingan. Bir guruh gladiatorlar (taxm. 70 kishi) bilan Vezuviyga krchgan. Tez orada uning lashkari qochoq qullar va ozod ijaradorlar hisobiga koʻpayib 10 ming kishiga yetgan. Spartakga qarshi yuborilgan rimliklar otryadlari (dastlab 3 ming, soʻngra 10 ming kishi) tormor qilingan. Qoʻzgʻolon Kampaniyadan Italiyaning jan. viloyatlariga tez tarqalgan. Spartak oʻz armiyasini (taxm. 70 ming kishi) Apuliya va Lukaniya tomon boshlagan. Spartak armiyasi Rim harbiy tartibotiga asosan tashkil etilgan. Spartak qattiq harbiy intizom oʻrnatgan. 72 y. Rim senati Spartakga qarshi 2 armiya yuborgan, biroq Spartak qoʻshini ularni boʻlib yuborib, tormor keltirgan. Spartak armiyasi Adriatika dengizi sohili boʻylab butun Italiyani va Sizalpin Galliyasi (hoz. Shim. Italiya) ni bosib oʻtgan va Mutina yaqinidagi jangda Rim prokonsuli Kassiy qoʻshinini yenggan. Spartakning rejasi, aftidan, qullarni Italiyadan olib chiqib ketish boʻlgan. Biroq Kassiy ustidan qozonilgan gʻalabadan soʻng u qoʻshinni Jan. tomon qaytargan. Rimda qoʻzgʻolonchilarga qarshi kurashish uchun 6 ta yangi legion tashkil etiladi, qoʻmondon etib yirik siyosiy arbob Krass tayinlanadi. Krass armiyasi qoʻzgʻolonchilar bilan jangga kirishmay, ularni taʼqib etgan. S. Sitsiliyaga oʻtib olish uchun kemalar yetkazib berish haqida kilikiyalik qaroqchilar bilan kelishgan. Lekin qaroqchilar Spartakni aldashgan: S. armiyasi esonomon Messina boʻgʻoziga yetib kelganda, u ortidagi Italiyadan ajralib qolgan (Krass dengizdan dengizgacha uz. 55 km, kengligi va chuq. 4,5 m xandaq qazishni, uni devor bilan mustahkamlashni buyurgan). Spartakchilar bu istehkomni yorib oʻtganlar, shturm chogʻida qoʻzgʻolonchilarning taxm. 2/3 qismi halok boʻlgan. Spartak armiyani tezda toʻldirib uning sonini 70 ming kishiga yetkazgan, soʻngra Brundiziya tomon yoʻl olgan, maqsadi Gretsiyaga oʻtib olish edi. Rim senati S:ka qarshi Pompey Gney va Mark Lukull boshchiligida qoʻshin yuborgan. Rim armiyalarini oʻzaro qoʻshilib harakat qilishlaridan xavfsiragan S. Krase bilan Apuliya va Lukaniya chegarasida hal qiluvchi jang qilishga majbur boʻlgan (71 y. bahori). Spartak armiyasi (taxm. 60 ming kishi) tormor keltirilgan, Spartak jangda halok boʻlgan. Taxm. 6 ming qoʻzgʻolonchi Rimdan Kapuyaga boradigan yoʻl boʻylab oʻrnatilgan dorlarga chormixlab qoʻyilgan. Qoʻzgʻolon tarqoqholda yana bir necha yil davom etgan. Spartak qoʻzgʻoloni Rimda hokimiyatni imperatorlik boshqaruvi shakli oʻrnatilishini tezlashtirgan. Chunki, quldorlar qulchilik tuzumini sakdab qolish uchun kuchli davlat hokimiyati zarurligini anglaganlar.


Lotin alifbosida maqola: SPARTAK haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: S harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



XITOY
ITALIYA
TOSHKENT
HARBIY SANʼAT
YER


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты