SRINAGAR

SRINAGAR (kashmircha — muqaddas shahar) — Hindistonning shim. qismidagi shahar. Jalam daryosi boʻyida, Kashmir vodiysida, 1600 m balandlikda joylashgan. Jammu va Kashmir shtatining maʼmuriy markazi. Aholisi 910 ming kishi (2001). Transport yoʻllarining yirik tuguni. Toʻqimachilik sanoati rivojlangan: pillakashlik, shoyi toʻqish, jun gazlama f-kalari bor. Yogʻochsozlik, oziqovqat, mashinasozlik, koʻnteri sanoati korxonalari faoliyat koʻrsatadi. Hunarmandchilik rivojlangan: gilam, kashmiri shol roʻmol, ipak gazlama toʻqiladi, kumush va zargarlik buyumlari tayyorlanadi, yogʻoch oʻymakorligi bilan shugʻullaniladi. 2 un-t, yirik aeroport bor. Meʼmoriy yodgorliklardan Jome masjidi (15-a.), Boburiylar davridan qolgan bogʻparklar saqlangan. S Jalam daryosining har ikki sohili boʻylab choʻzilgan va 9 koʻprik orqali bogʻlangan. Shaharda ichki aloqalar, asosan, qayiqlar orqali amalga oshiriladi, shu sababli Srinagarni «Osiyo Venetsiyasi» deb ham ataydilar.


Lotin alifbosida maqola: SRINAGAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: S harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
XITOY
JAMMU VA KASHMIR
IPAKCHILIK SANOATI
HINDISTON


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты