STABILITRON [lot. stabilis — turgʻun, doimiy va (elektron)] — elektr zanjirining maʼlum qismidagi kuchlanishni birday tutib turish (barkarorlash) uchun ishlatiladigan ikki elektrodli gaz razryadli yoki yarim oʻtkazgichli asbob (diod). Ishi undan oʻtadigan tokning oʻzgarishiga qarab kuchlanishning qisman oʻzgarishiga asoslangan. Yarimoʻtkazgichli, toj razryadli va tutovchi razryadli xillari bor. Yarimoʻtkazgichli Stabilitron uchun barqarorlovchi kuchlanish 3—180 V, toj razryadli Stabilitron uchun 300 V—30 kV, tutovchi razryadli Stabilitron uchun 70—160 V. Slar elektron asboblarda qoʻllaniladi.