STAVROLIT (yun. stauros — but va lithos — tosh) , but tosh — silikatlar kichik sinfiga mansub mineral. Kimyoviy tarkibi Gʻye2A13[8Yu4]4O7(ON)boʻlib, unda GʻyeO15,8%, A12O355,9%, SiO2— 26,3%, N2O —2%ni tashkil qiladi. Stavrolitning rux Stavrolit (ZnO — 7,5%gacha), lyusakit (So—8,5%gacha va NiO—0,9%gacha), nordmarkit (Mp2O3 — 11,6%gacha) xillari maʼlum. Monoklin singoniyada kristallanadi. Kristallari donador agregatlar boʻlib, butsimon qoʻshaloqlik xos. Qattiqligi 7—7,5; oʻrtacha zichligi 3,7 g/sm3. Moʻrt. Yaltiroqligi shishasimon. Rangi qizilqoʻngʻirdan qoʻngʻirroqqoragacha, kamdankam shaffof boʻladi. Stavrolit baʼzi kristalli slaneslarning jins hosil qiluvchi minerali hisoblanadi. Stavrolit metamorfik jinslarning oʻziga xos minerali boʻlib, asosan, kristalli slaneslarda regional metamorfizmning amfibolitli fatsiyasida (muskovitSli, kianit Stavrolit li, sillimanit Stavrolit li) hamda gneyslarda tarkalgan. Kam uchraydigan shaffof kristallari baʼzan bezak tosh sifatida ishlatiladi. S. Rossiyada Ural, Shim. Kareliya, Oltoy sochmalarida; shaffof kristallari Baykaloldida, AQSH, Avstriya va Germaniyada uchraydi.