STAYN (Steyn) Uilyam Xouard (1911.25.6, NyuYork 1980.2.2) — amerikalik biokimyogar. AQSH Milliy FA aʼzosi (1960-y. dan). Garvard un-tini tugatgan (1933). 1938-y. dan NyuYorkdagi Rokfeller tibbiyot tadqiqotlari in-tida ishlagan. Ilmiy ishlari oqsillar tuzilishini oʻrganishga oid. Nobel mukofoti laureati (1972, S. Mur va K. B. Anfinsen bilan hamkorlikda).