STENOKARDIYA

STENOKARDIYA (yun. stenos — tor, qisqa va kardia — yurak) , yurak qisish i — yurak ishemik kasalligining keng tarqalgan shakli; koʻkrak sohasida toʻsatdan paydo boʻladigan gʻijimlovchi ogʻriq S. ning asosiy belgisidir. Stenokardiyada ogʻriq toʻsh orqasida boʻlib, koʻpincha toʻsh suyagidan chaproqda — yurak sohasida ham sezilishi mumkin. Toʻsatdan tutgan ogʻriq bir necha min. dan yarim soatgacha davom etib, chap qoʻlga, kurakka, yelka va boʻyinga, baʼzan esa oʻng tomonga, orqaga, oʻng qoʻlga tarqalishi mumkin. Koʻpincha ogʻriq xuruji oʻlim vahimasi bilan kechadi.

Stenokardiya xurujiga aterosklerozyaa yurak toj tomirlarining torayishi va qisilishi (spazmi) oqibatida yurak muskullarining qon bilan yetarli taʼminlanmasligi sabab boʻladi. Bu avval nisbiy xarakterda boʻlib, faqat jismoniy mashgʻulot paytida (yurak muskullarining oziq moddalar va kislorodga ehtiyoji oshganda) kuzatiladi. Zoʻriqish Stenokardiyasi deb ataladigan bu xrlatda ogʻriq xuruji koʻpincha tez yurganda, balandlikka koʻtarilganda yuz beradi va, odatda, bemor harakatdan toʻxtaganda oʻtib ketadi. Harakat davom ettirilsa, rgʻriq qayta paydo boʻlishi mumkin va bemor har 100—200 qadamdan keyin toʻxtashga majbur boʻladi. Ayrim hollarda zoʻriqish Stenokardiyasi hayajonlanganda, shuningdek, chekkanda, spirtli ichimliklar ichganda, toʻyib ovqatlanganda yuz berishi mumkin. Keyinchalik kasallik zoʻrayishi natijasida ogʻriq xurujlari organizmning tinch xrlatida (tinch holatdagi Stenokardiya) ham paydo boʻladi. Tinch holatdagi S koʻpincha kechasi, odam uxlab yotganda roʻy beradi. Stenokardiya xuruji 1—2 min. davom etib, nitroglitserin shimilganda oʻtib ketadi. Ayrim hollarda Stenokardiyaning ogʻir xuruji yarim soatdan koʻproq davom etib, nitroglitserin foyda bermasligi va miokard infarkti kuzatilishi mumkin.

Koʻkrak qafasining chap tomonidagi har qanday ogʻriq Stenokardiyaga xos boʻlavermaydi. Nevroz, yurak poroklari, umurtqa pogʻonasining boʻyinkoʻkrak boʻlimi kasalliklari va h. k. da ham Stenokardiya dagidek ogʻriq boʻlishi mumkin. Shuning uchun koʻkrak sohasidagi ogʻriq bilan kechadigan kasalliklarga faqat vrach tekshirgandan keyingina diagnoz qoʻyilishi kerak.

Stenokardiya xurujining oldini olish maqsadida jismoniy harakat qilmaslik (mas, tez yurmaslik, balandlikka koʻtarilmaslik, hayajonlantiruvchi manzaralarga qaramaslik va b.), asabilani toliqtirmaslik lozim, butunlay yotib olmaslik ham kerak; ozozdan jismoniy mehnat qilish, ogʻriq boʻlmasa, koʻproq shugʻullanish mumkin. Davo fizkulturasi bemorning umumiy holatini yaxshilaydi. Ovqatni oz miqdorda, lekin dambadam yeb turish kerak (yana q. Yuraktomir sistemasi).


Lotin alifbosida maqola: STENOKARDIYA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: S harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



General Chernyayevning Toshkentga bosqini
YURAKNING ISHEMIK KASALLIGI
RADA - Винил
YER
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты