SHOH VALIULLOH

SHOH VALIULLOH Ahmad Abdurahim (1703—62) — islom ilohiyotining yirik namoyandasi, 18-asrda Hindiston musulmonlari oʻrtasida boshlangan diniy islohotchilik harakatining asoschisi. Ruhoniyning oʻgʻli. Diniy maktabni tamomlab, otasi asos solgan «Madrasai Rahimiya»da falsafa, ilohiyot va mantiqdan dars bergan. Hindistonda boburiylar saltanati inqirozga uchragan davrda uning taʼlimoti saltanat shuhratini tiklashga qaratildi. Shoh Valiulloh zodagonlar va ulamolar doirasidan tashqari, keng musulmonlar oʻrtasida ham ilm va maʼrifatni, axloqiy tarbiyani kuchaytirish, ilmsizlik va jaholatga qarshi kurash tarafdori boʻlib maydonga chiqqan. Shoh Valiullohning falsafa va ilohiyotga doir 50 dan ortiq asari bor.


Lotin alifbosida maqola: SHOH VALIULLOH haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: SH harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



HINDISTON
ISLOM
XITOY
ERON
TEMURIYLAR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты