STRASHENSKIY

STRASHENSKIY (Moldaviyadagi Strashena shaharchasi nomidan) — oʻrta kechpishar xoʻraki uzum navi. Moldaviya uzumchilik va vinochilik i. t. in-tida Kattaqoʻrgʻon x Dodrelyabi duragayini murakkab turlararo duragay Muskat de Sen Valye bilan chatishtirib chiqarilgan (M. SJuravel, G. M. Borzikova, I. P. Gavrilov, N. I. Guzun). Tupi kuchli oʻsadi. Barglari yirik, yumaloq, uchbesh boʻlmali, chetlari sal kertikli va pastga egilgan, ters tomoni tukli. Guli ikki jinsli. Uzumi avg. sent. da pishadi. Uzum boshi yirik, silindrsimon, konussimon, oʻrtacha tigʻiz, chochoq. Gʻujumi yirik, yumaloq, toʻq binafsha, quyuq gʻubor bilan qoylangan. Eti goʻshtdor, sersuv. Kurtagi boʻrtgandan keyin faol harorat yigʻindisi 2900° boʻlganda 155 kunda pishadi. Tarkibida 20—22% qand bor. Novdalari yaxshi pishadi. Sovuqqa chidami oʻrtacha. Hosiddorligi 200—250 s/ga. Ragʻa kasalligiga chidamli, kulrang chirishga chidamsiz.


Lotin alifbosida maqola: STRASHENSKIY haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: S harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



MOLDAVIYA
RIZAMAT
SIRANUSH
TARONI
TATEVI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты