SUBLIMATSIYA (lot. sublimo — yuqori koʻtaraman) — moddaning kristall (yoki qattiq) holatdan suyuq holatga oʻtmay turib, bevosita gaz holatga oʻtish jarayoni; issiklikning yutilishi bilan sodir boʻladi (I jins fazaviy oʻtish).
Kattiq jismlarning hammasi, mustasnosiz, ozmikoʻpmi Sublimatsiya lanadi. Baʼzi moddalarda, mas, qattiq karbonat-angidrid, yod, kamfora, naftalinlarda Sublimatsiya yetarli tezlik bilan yuz beradi; boshqa moddalarda bu jarayon odatdagi trada juda sekin boradi va amalda uni sezib boʻlmaydi. Moddaning massa birligini oʻzgarmas trada gaz holatiga oʻtkazish uchun unga berilishi lozim boʻlgan issiqlik solishtirma sublimatsiya issiqligi, oʻzgarmas bosimda qattiq jismning bevosita gazeimon holatga muvozanatiy fazaviy oʻtishidagi tra Sublimatsiya t-rasi deb ataladi. Sublimatsiya tezligi, yaʼni vaqt birligi davomida gaz hrlatga oʻtgan modda massasi uning asosiy kinetik tafeiloti hisoblanadi. Meteorologiyada suv bugʻining toʻgʻridantoʻgʻri muz holatiga oʻtishi ham Sublimatsiya deb yuritiladi.
Sublimatsiyaning qattiq moddalarni qoʻshilmalardan tozalashda, kosmik apparatlarni yuqori tradan himoyalashda va b. da ahamiyati katta.