SHUVARAN

SHUVARAN, sassiqkapa — karamdoshlarga mansub qishlovchi bir yillik begona oʻt. Poyasi tik oʻsadi, sershox, tukli, boʻyi 30—80 sm. Barglari navbatmanavbat joylashgan, bandsiz, ikki marta patsimon kesilgan, sertuk. Gullari och sariq qalqoncha toʻpgulga yigʻilgan. Mevasi qoʻp urugʻli qoʻzoqcha. Ildizi sertomir oʻqildiz. May—avg. da gullaydi, iyun—sent. da mevalaidi. Urugʻidan koʻpayadi. Bir tupi 850 ming urugʻ beradi. Urugʻlari ariq suvlari orqali tarqaladi. Urugʻining unuvchanligi 5 yilgacha saqlanadi. Beda va sugʻoriladigan don ekinlarini ifloslaydi, chopiq qilinadigan ekinlar orasida, uzumzorlarda, bogʻlarda, turar joylar yaqinida, ariq yoqalarida oʻsadi.

Kurash choralari: apr. ning birinchi yarmidan gullagungacha ekinlar oʻtoq qilinadi; pichanga ekilgan beda erta muddatlarda, begona oʻt mevalari yetilguncha oʻriladi, gʻalla ekinlariga gerbitsidlar purkaladi.


Lotin alifbosida maqola: SHUVARAN haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: SH harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
ALMASHLAB EKISH
BEDA
XITOY
BEGONA OʻTLAR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты