SHUTURANGUR

SHUTURANGUR — xalq seleksiyasida chiqarilgan oʻrtapishar xoʻraki va mayizbop uzum navi. Sharqiy ekologikgeografik navlar guruhiga kiradi. Vatani Oʻrta Osiyo. Tupi kuchli oʻsadi. Bargi yirik, oʻrtacha kertikli, biroz toʻrsimon burishgan. Guli ikki jinsli. Uzum boshi yirik (boʻyi 24—25 sm, eni 18—20 sm), oʻrtacha ogʻirligi 450—600 g, 700—1200 g keladiganlari ham uchraydi, gʻujumi yirik, ovalsimon, toʻq qizil, eti tigʻiz, karsillaydi, poʻsti yupqa. Tarkibida qand miqdori 20—22%, nordonligi 4 — 4,5%. Hosili faol harorat yigʻindisi 32003700*da 150—153 kunda, avg. oxiri — sentyabrning 1-yarmida pishib yetiladi. Hosiddorligi 80—120 s/ga. Yangiligida yeyiladi, mayiz solinadi, konserva qilinadi. Uzoqjoylarga yuborishga chidamli.


Lotin alifbosida maqola: SHUTURANGUR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: SH harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
XITOY
ECHKIEMAR
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
ROSSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты