SUD QARORI (OʻzRda) — fuqarolik, xoʻjalik, maʼmuriy va jinoyat ishlari boʻyicha sud tarkibi yoki sudya chikaradigan huqukiy xujjat. Sud qarori qabul qilish asoslari va qayta koʻrish tartiblari protsessual qonunlarda belgilangan. 1instansiya sudi jinoyat ishlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi nomidan hukm, shuningdek, ajrim chiqaradi, fuqarolik va xoʻjalik ishlari boʻyicha Sud qarori hal qiluv qarori yoki ajrim tarzida boʻladi. 2 instansiya sudlari ajrim chiqaradi. Apellyatsiya instansiyasi sudi jinoyat ishi boʻyicha okdov hukmi chiqarishga ham hakli. Ish sud rayosatlarida va OʻzR Oliy sudining Plenumida koʻrilganda qaror chiqariladi. Jinoyatlarning oldini olish va ularni keltirib chiqaruvchi shartsharoitlarni bartaraf etish boʻyicha chikariladigan Sud qarori xususiy ajrim deb nomlanadi. Kanday nomlanishdan qatʼi nazar, Sud qarori barcha davlat organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun majburiydir (Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 114modda).