SUDXOʻRLIK

SUDXOʻRLIK — gʻoyat ogʻir shartlar bilan qarz berib, foyda olinadigan faoliyat. S. ning paydo boʻlishi ibtidoiyjamoa tuzumining yemirilish davriga toʻgʻri keladi. Sudxoʻrlik kreditnnt qad. shakli boʻlib, dastlab moddiynatural holda boʻlgan. Uning egasi oʻz isteʼmolidan ortib qolgan mahsulotini muhtojlarga qarzga bergan. Pul paydo boʻlgach, Sudxoʻrlik pulni gʻoyat yuqori foiz evaziga qarzga berish shakliga kirgan. Sharq mamlakatlari, shu jumladan, Oʻrta Osiyoda Sudxoʻrlik bilan sarroflar va boy savdogarlar shugʻullangan. Sudxoʻrlikda qarzni qaytarish muxdati, toʻlanadigan foiz miqdori ogʻzaki kelishuv yoki tilxat bilan rasmiylashtirilgan. Qarz foizining darajasi turli mamlakatlarda turlicha, hatto bir mamlakatdagi shahar va tumanlarda ham har xil boʻlgan. Olingan qarz pulidan kapital tarzida emas, toʻlov va xarid maqsadlarida foydalanish, qarz foizining gʻoyat yuqori boʻlishi, kafolat uchun koʻchmas mulk, qimmatbaho buyumlarni garovga qoʻyish Sudxoʻrlikka xos. Koʻp hollarda qarzdorlar qarzni oʻz vaqtida uza olmay yeridan, uyjoyidan, molmulkidan ajralib xonavayron boʻlgan, sudxoʻrlar esa boyib ketgan.

Islom dinida Sudxoʻrlik xarom mashgʻulot (q. Ribo) qisoblanadi. Shu sababli islom dini tarqalgan mamlakatlarda Sudxoʻrlik yashirin tuye olgan. 20-a. boshlarida Oʻrta Osiyoda Sudxoʻrlik paxta ekadigan muhtoj deqqonlarga yermulklarini garovga qoʻyish sharti bilan boʻnak shaklini olgan. Boʻnak pulini foizi bilan qaytara olmaganlarning yeri boylar qoʻliga oʻtgan.

Mamlakatda ichki bozor va tovarpul munosabatlarining yetarli darajada rivojlanmaganligi, kredit tizimining nochorligi, mayda tovar xoʻjaligi shakllarining ustunligi Sudxoʻrlikning saqlanib qolishi uchun sharoitlar yaratadi. Gʻoyat yuqori foizlarda chakana qarzlar berish shaklidagi Sudxoʻrlik rivojlangan mamlakatlarda ham mavjud. Lekin bunday faoliyat qonun bilan taqiqlangan. Madaniy bozor iktisodiyoti Sudxoʻrlikni rad etadi. Sudxoʻrlikning yashirin koʻrinishlari xufiya iqgisodiyot sohasida yashirin bitishuvlarda, jinoiy unsurlar orasida uchraydi.

Ahmadjon Oʻlmasov.


Lotin alifbosida maqola: SUDXOʻRLIK haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: S harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



General Chernyayevning Toshkentga bosqini
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
TOSHKENT
YER
O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты